Yer uchskasi
Turli yosh guruxlarda ekinzorni tashkil etish metodikasi
Download 304.41 Kb.
|
1544076064 73109
Turli yosh guruxlarda ekinzorni tashkil etish metodikasi. Kichik gurux uchun ekinzor maydoni har bir bolaga 1 kv m hisobidan (yo‘lkalarni ham qo‘shib) tashkil qilinadi. O‘rta gurux bolalari uchun norma 1,5 kv.m gacha, katta gurux bolalari uchun 1,5 kv. m. dan 2 kv. m. gacha oshiriladi. Ekinzor xajmi mahalliy sharoitga ko‘ra boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Ekinzor uchun ajratilgan maydonchalarda eni 60 sm va qator oralari 50 — 60 sm li pushtalar qilinadi. Bundan tashqari eni 1,5 m gacha bo‘lgan markaziy yo‘lka ham qilinadi. Ish asboblarini shu yo‘lkaga qo‘yiladi. Bolalarning dam olishlari, mashg‘ulot o‘tkazish va kuzatishlari uchun stol va skameykalar qo‘yiladi:-Ekinzor atrofi past bo‘yli o‘simliklar bilan o‘raladi. Bular — navro‘zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo‘yli astra, shuningdek zemlyanika bo‘lishi mumkin. Atrofi o‘ralgan ekinzor chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan birga, guruxlarni birbiridan tabiiy ajratib turadi. Kichik guruxlar ekinzori o‘yin maydonchasining yonida bo‘ladi. Bu tarbiyachiga bolalar bilan ishlashni o‘yin bilan birga qo‘shib tashkil qilishga imkon beradi. O‘rta va katta guruxlarning ekinzori umumiy bo‘ladi. Ekinzorning umumiy bo‘lishi ko‘n miqdordagi o‘simliklarni o‘stirish va kuzatish imkonini beradi hamda takror ekishga ehtiyoj qolmaydi. Maydonchada sabzavotlardan: pomidor, rediska, piyoz, petrushka, no‘xatu karam (boshkaram, gulkaram), sabzi, sholg‘om, lavlagi, bodring, qovoq ekiladi. Ko‘p yilliklardan ravoch ekiladi. Sabzavot o‘simliklarining navi ko‘p. Maydonchada mazkur oblast va shu joy uchun rayonlashtirilgan ekinlar o‘stiriladi. Kichik gurux ekinzorlarida tez o‘sadigan va eng avvalo, xom holatida iste’mol qilinadigan o‘simliklarni ekish lozim. Bular piyoz, sabzi, rediskadir. Katta gurux bolalari ular uchun salat, sabzi, sholg‘om urug‘larini sepib berishlari mumkin. O‘rta gurux ham xuddi shularni ekadi, biroq imkoni boricha ikki xil navini ekish kerak, masalan, boshdor salat va barg salat, nant sabzisi va kartoshka, qizil va oq rediska. Sabzavotlarni solishtirib, bolalar ularning umumiy belgilarini va farqlarini topishlari mumkin bo‘ladi. Yuqoridagilardan tashqari ismaloqni ham o‘stirish mumkin. Katta guruxlar ekinzorida bolalar bog‘chasi ekinzori uchun tavsiya etilgan sabzavot o‘simliklarining barchasi ekiladi. Bu o‘rinda urug‘ va ko‘chatdan ko‘payadigan sabzavotlar o‘stiriladi. Bu karamning bir necha turlari (boshkaram, gulkaram, kolrabi, bryussel karami), pomidor, bodriig, qovoqdir. Bulardan tashqari kungaboqar, bir oz kartoshka ham ekiladi.
Download 304.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling