Yer uchskasi


O‘simliklarni parvarish qilish


Download 304.41 Kb.
bet8/14
Sana03.02.2023
Hajmi304.41 Kb.
#1153098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1544076064 73109

O‘simliklarni parvarish qilish. Sabzavot o‘simliklari muntazam parvarish qilingandagina hosil beradi. Yomg‘irdan yoki sun’ny sug‘orishdan so‘ng tuproq zichlashadi va ko‘pincha qatqaloq paydo bo‘ladi. Qatqaloqdan ayniqsa soyabonguldoshla,r, piyoz va lavlagi nihollarn ko‘p zararlanadi. Qatqaloq yerni yumshatish bilan yo‘qotiladi. Begona o‘tlar o‘yeimliklarga katta zarar yetkazadi. Ular madaniy o‘simliklarga nisbatan yorug‘lik, namlik va ozuqa uchun kurashga ko‘proq moslashganlar. Begona o‘tlarga qarshi kurashning asosiy choralari o‘tash, qirqish va to‘g‘ri agrotexnikadir. Yaqin atrof yo‘llar, ariqlar chetidagi begona o‘tlarni gullagunga qadar yulib ta'shlash ham katta ahamiyatga egadir. Keyingi yillarda mulchalash, ya’ni chirindi, torf, go‘ng bilan tuproqni yopish keng tarqaldi. Bu usul o‘simliklarni begona o‘tlardan saqlaydi va tuproq ustki qatlamining fizikximiyaviy xususiyatlarini yaxshilaydi. Sabzavot ekinlarini o‘stirishda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Zararkunandalar orasida birinchi o‘rinni hasharotlar, keyin sutemizuvchilar (kemiruvchilar), o‘rgimchaksimonlar (o‘rgimchak kaia), mollyuskalar (shilliq), ba’zi qurtlar lavlagi nematodasi) egallaydi. Ko‘pgina bakteriya va zamburug‘lar ham o‘simliklarda kasalliklarni paydo qiladi. Maydonchada zararkunandalarga qarshi kurashda profilaktika, mexanik va biologik metodlardan foydalanish mumkin. Profilaktika metodlari, ayniqsa almashlab ekishda o‘simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olib, uni to‘g‘ri almashtirishga rioya qilish katta ahamiyatga egadir. Bunda tuproqqa ekishdan oldin ishlov berish, shuningdek urug‘larni sepish muddatlariga rioya qilish muhimdir.
Murakkab guldoshlar, ayniqsa, karam oq zamburug‘li kapalak qurtidan ko‘p zararlanadi.
Unga qarshi kurashilganda kapalak qurt terib olinadi va yo‘qotiladi. Zararkunandalarga qarshi kurashda biologik metodlar yetakchi o‘rinni egallashi kerak. Bu hasharotxo‘r qushlarni qo‘riqlash va jalb qilish (maydonchada sun’iy uyalar va qish vaqtida qushlarni boqish)dir. Maydonchaga shilliqlarni qirib tashlovchi baqalarni jalb qilish ham yaxshi natija beradi.

Download 304.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling