Yer uchskasi
Gulxonalarni tashkil etish
Download 304.41 Kb.
|
1544076064 73109
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klumba (gulxona)lar.
- Rabatkalar.
Gulxonalarni tashkil etish. Gul o‘simliklarini ekishning eng ko‘p tarqalgai formasi klumba, rabatka (yo‘l yoqalab ketgan gulzor) va gazon (maysazor)lardir. Gulzorni bezashda manzarali o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash (balandligi, gulining shakli va rangi, gullash vaqtiga qarab) muhimdir. Usimliklarning yorug‘lik, tuproq va namga bo‘lgan talabni ham e’tiborga olish kerak. O‘simliklarni tanlaganda klumbada erta bahordan to kech kuzgacha gul ochilib turishi nazarda tutilishi lozim. Erta bahorda ochilgan gulga ega bo‘lish uchun kuzda yerga piyozli o‘simliklar — lola, narsiss (chuchmoma) ekiladi yoki iyul oyida kapalakgul, zag‘chako‘z, dastagullar ekilib, erta bahorda ular doimiy joylariga ko‘chirib o‘tqaziladi.Bahorda zag‘cha ko‘z va narsiss, kapalakgul va chuchmomalardan chiroyli gulxonalar qilinadi. Erta bahorda gullovchilar gullab bo‘lgach, shu gulxonaga yozda gullaydigan o‘simlik ko‘chatlari ekiladi. Zag‘chako‘zlar olib tashlanadi, lola va narsisslar o‘z joyida qoladi. Kapalak gullilarni yoz oxiridan kech kuzgacha gullaydigan astralar bilan almashtirish mumkin.
Klumba (gulxona)lar. Ularning formasi murakkab bo‘lmasligi lozim. Aylana, oval va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi gulxonalarning ko‘rinishi chiroylidir. Ularni katta qilmaslik lozim. G‘ulxonani bo‘lishda uning markaziga eng baland gullar, markazdan uzoqlashgan sari o‘rta bo‘yli gullar, eng chetlariga esa past bo‘ylilari ekiladi. Chetdagilari gulxonadagi barcha gullardan past bo‘lishi kerak.Yozgi gullardan past bo‘yli astralar, barxatsalar (gulidovud), alissum, lobeliya, sinerariyalarni ekish mumkin. Bardyurlar uchun ba’zi ko‘p yillik o‘simliklar — Subulyata floksi, past bo‘yli piretrumdan foydalanish mumkin. Rabatkalar. Bu yo‘lka chetlari, bino devorlari, ayvonlar va devorlar bo‘ylab ekiladigan uzun ensiz klumbalardir. Bu klumbalarga o‘simliklar qator qilib ekiladi. Masalan, yo‘lkadan birinchi qatorga navro‘zgulni, ikkinchi qatorga ko‘pyillik gulsapsar yoki floksni, uchinchi qatorga kartoshkagulni yoki isfarakni ekish mumkin. Gazon (maysazor)lar. Maysazorlar gulxonalar uchun yaxshi fon xizmatini o‘taydi. Ular ko‘p yilliklar va gullovchi butalar guruxlab o‘tqazilganda ayniqsa chiroyln ko‘rinadi. Maysazor uchun yer kuzda tayyorlab qo‘yiladi. Urug‘lar erta bahorda yer nam vaqtida sepiladi. Download 304.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling