Yer uchskasi


Qushlar uchun donxo‘rak va uyalar


Download 304.41 Kb.
bet13/14
Sana03.02.2023
Hajmi304.41 Kb.
#1153098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1544076064 73109

Qushlar uchun donxo‘rak va uyalar. Bolalar bog‘chasi maydonchasida qushlarni butun yil davomida kuzatish mumkin. Qushlarni jalb qilish usullaridan biri ularni qishda boqishdir. Kuz kela boshlagan sari qushlar odamlar yashaydigan joylar yaqiniga uchib kela boshlaydi. Bular chumchuq, qarg‘a, katta chittak, sa’va, snigerlardir. Xuddi mana shu vaqtlarda maydonchada donxo‘rak va uyalarni o‘rnata boshlash kerak. Eng oddiy donxo‘rak — don tokchasidir (hajmi 50x60 sm, chetlari bir oz ko‘tarilgan taxta). Uni daraxtga, derazaga, yog‘ochga osib qo‘yish mumkin. Donxo‘rak — stolcha va oziq uychasi ancha qulay, chunki ularning usti yopiq bo‘lib, oziqni yomg‘ir va qordan saqlaydi. Qushlarni derazadan boqishda ularni xonadan ko‘rib turish imkonini beradigan donxo‘raklar qulaydir. Qushlar bu vaqtda o‘zlari yaxshi ko‘rinib tursalarda, kuzatilayotganliklarini sezmaydilar. Bunday donxo‘rakni bir litrlik shisha bankadan qilish mumkin. Yonboshlatib balkon panjarasiga bog‘lab qo‘yilgan bunday shnsha banka dsraza donxo‘ragi rolini bajaradi. Qushlar ozig‘i xilma-xildir. Bu yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, qayin, olxa, repeynik, otquloqning urug‘ va mevalaridir. Qovoq, tarvuz, pista urug‘lari ham qushlar uchun yaxshi oziqdir. Bu oziqlarni katta chittak sevib yeydi. Chittaklarning qishdagi sevimli oziqlari — tuzlanmagan yog‘dir. Qushlar oq non ushoqlarini ham yeydilar. Ryabina va kalinaning mevalari, shuningdek daraxtda qolgan shumtol urug‘lari snegir uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Sun’iy inlar. Maydonchada sun’iy inlarni ommaviy osish chittak, chug‘urchuq, hasharotxo‘r kabi qushlarni jalb qilishda yaxshi natijalar beradi. Qo‘pincha taxtadan chittak va chug‘urchuq uchun inlar tayyorlanadi. Inning o‘lchovi uch ko‘rsatkich bilan: tubining maydoni, chuqurligi (tagidan tuynugigacha bo‘lgan oraliq) va tuynug‘ning o‘lchamiga ko‘ra aniqlanadi. Chug‘urchuqlar inining eng qulay o‘lchovi—14x14 sm, hasharotxo‘rlarga — 9X9 sm, chittaklarga —12X12 sm dir. Chittak va chug‘urchuqlarga in yasashda taxtaning qalinligi 1,5 sm, yaxshisi 2,5 sm bo‘lgani ma’qul. In uchun faner yaramaydi. Yaxshi inlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: mustahkam qoqilishi, teshiklar qoldirilmasligi, tayyorlash usuli sodda bo‘lishi kerak. Taxtalarning faqat tashqi tomonini randalash lozim, chunki agarda ichki tomoni randalansa qushning silliq devordan chiqishi qiyin bo‘ladi. Tuynuk in tomiga yaqin bo‘lishi zarur. In tuynugidan in tomigacha bo‘lgan oraliq taxminan tuynuk diametriga teng. Inning tuynugi dumaloq, tomi esa olinadigan qilinadi. Qushlar inni egallashlari uchun ularni to‘g‘ri osish muhimdir. Inlar yoz va kuzda osiladi. Qushlar uchun inlar juda zarur, chunki qpshlovchi qushlar sovuq tunlarda shu yerda jon saqlaydilar. In tuynugining yo‘nalishi turli qushlar uchun turlichadir: hasharotxo‘rlar sharqiy yo‘nalishni, katta chittaklar esa — g‘arbiy yo‘nalishni ma’qul ko‘radilar.


Download 304.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling