Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi


Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar


Download 40.15 Kb.
bet3/6
Sana20.12.2022
Hajmi40.15 Kb.
#1036018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar
Antibiotik moddalarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish asosan biologik sintez asosida amalga
oshiriladi yoki biosintez jarayonida olingan fiziologik faol birikma molekulasini kimyoviy
modifikasiya qilish yo’li bilan olinadi. Faqat sanoqli antibiotiklargina kimyoviy sintez yo’li bilan
olinadi (masalan: xloromfenikol).
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan antibiotiklarni manbalari bakteriyalar, aktinomisetlar va
miseliali zamburug’lardir.
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar
Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibiotiklar 600 ga yaqin nom bilan aytiladi. Lekin, nisbatan
uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi antibiotiklar sanoat asosida chiqariladi. Bular orasida Bacillus
brevis var. U.V. hosil qiladigan S gamisidinni, Bac.polymyxa va Bac.circuis lar ishlab chiqaradigan
polimiksinlar, Bacillus licheniformis sintezlaydigan basitrosinlar, Streptococcus lactis kulturasi
hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin.
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklarning o’ziga xoslik tomoni ular o’zining kimyoviy
tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunchoq yoki xalqasimon) va kichik molekulali oqsillarga
kiradi.
Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qancha kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin
antibiotiklar sintez qiladi. Masalan: gramisidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, V, SD, S(S), D),
bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi; polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A, A2,
V, V2, S, D, D2, E1 (kolistin A), E2 (kolistin V, M, R, R2).
Polimiksinlar tarkibiga aminokislotalar bilan bir qatorda diaminmoyli va metiloktan kislotalar
(metilgeptan) kiradi. Basirosinlar o’nta alohida antibiotiklarni birlashtiradi (A, A1, V, S, D, E, F, F2,
F3, va Y). Sut achitqisi streptokokk hosil qiladigan nizin ettita asosiy oqsil tarkibiga kiradi. Lekin
faqat nizin biologik faollikga ega. Nizin streptokokklar sintez qiladigan hamma oqsilning 20% ga
yaqinini tashkil qiladi.

Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling