Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar
Miselial zamburug’lar nisbatan ko’p miqdorda antibiotik modda hosil qiladi. Eng katta
qiziqish uyg’otadiganlari: penisillinlar, sefolosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va ayrim
boshqa zamburug’larni hayot faoliyatidagi maxsulotlar, tibbiyotshunoslikda va qishloq xo’jaligida
keng qo’llaniladi.
Antibiotiklar sintez qiluvchi zamburug’lardan eng ko’p ishlatiladigani Penicillium
chrysogeum dir. Bu zamburug’ o’zining hayot faoliyatida penisillinni turli xil shakllarini hosil
qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega bo’lgan
zamburug’larning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.
Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi
Antibiotiklarni tibbiyotda, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida keng
qo’llanilishi, bu biologik faol moddalarni katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qo’ydi. Bu ulkan
vazifa katta quvvatga ega bo’lgan antibiotika sanoatini yaratish orqali echildi.
Antibiotikani sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi:
yuqori maxsuldor shtamm-produsent yaratish,
antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko’p miqdorda maxsulot chiqarishi uchun
mo’tadil sharoit yaratish,
antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga
qo’llash,
tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.
Har bitta bosqich maxsus mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog,
texnolog va boshqalar).
Antibiotika sanoati hozirgi vaqtda katta quvvatga ega bo’lgan yaxshi taraqqiy qilgan soha
bo’lib farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik konserniga qaraydi. Ayniqsa u AqSH da, Angliyada,
YAponiyada, Fransiyada, Italiyada keng taraqqiy etgan. Masalan AqSH da har yili 100 millionlab
dollarga sotiladigan miqdorda antibiotiklar ishlab chiqariladi.
Antibiotiklarni sanoat usulida tayyorlash - murakkab, ko’p bosqichli bo’lib, bir qancha
texnologik ketma-ketlikni o’z ichiga oladi:
Antibiotikani sintezlaydigan kultura-shtammni o’stirish uchun muhit tayyorlash va ekish
uchun etarli maxsulot tayyorlash;
Antibiotikani biosinteziga mo’tadil sharoit yaratish;
Kultural suyuqlikga birlamchi ishlov berish;
Antibiotik moddalarni ajratish va uni tozalash;
Tayyor maxsulotni ajratish, tozalash va dori shaklida sotishga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |