Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi


Download 40.15 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi40.15 Kb.
#1036018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Makrolidlar - bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muhimlari
eritromisin, magnomisin, pleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri bo’yicha makrolidlarni ikki
guruhga bo’lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to’xtatuvchi antibiotiklar va
zamburug’larga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar. Birinchi
guruhga Str.erythreus hosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str.antibioticus sintezlaydigan),
Str.halstedii kulturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar;
Ikkinchi guruhga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalinsis dan olingan pimorisin va
boshqalar. Antibiotiklar makrolidlar penisilinga, tetrasiklinga, streptomisinga chidamli
bakteriyalarning o’sishini to’xtatadi.
Anzamisinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak
o’simliklar sintezlaydi. Bu guruh antibiotiklar o’zining nomini molekulasining xarakterli
tuzilishidan olgan. Guruhdagi birikmalar aromatik yadroga u bilan bog’langan makrosiklik alifatik
bog’ga ega, uni anza-bog’ deb aytiladi (anda - lotinchada qalam degani). SHuni aytib o’tish kerakki,
anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog’iga ega emasligidir.
Anzomisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga biologik ta’sir
ko’rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar
(Str.spectobilis kulturasi hosil qiladi), rafomisinlar (Nocordia mediterranea, Micromonospora ning
ayrim turlari hosil qiladi); galamisinlar, Micromonospora halaphytica da kuzatilgan,
maytanzinoidlar Nocordia va ayrim o’simliklar sintezlaydi; naftomisin Str.collinus sintezlaydi;
geldanomisin Str.hudroscopicus hayot faoliyatidagi maxsulot va boshqalar.
Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruhni tashkil qiladi
(mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin SV
(riftosin); rifomisin va rifomid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng
qo’llaniladi.
Rifampisin klinikada o’pka siliga qarshi qimmatli preparat sifatida qo’llaniladi. Bu antibiotik
bakteriya DNK siga bog’liq bo’lgan RNK-polimerazani sintezini to’xtatadi.
Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklarga muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan
novobiosinni albatta aytib o’tish lozim bo’ladi. Bu antibiotik Str.gpheroides kulturasidan olingan. U
grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarni o’sishini to’xtatadi. Antibiotikni muhim
xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli
bakteriyalarni o’ldiradi.
Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, anginalarga va
boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling