Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash


Download 59.98 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1522650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Esda tuting!

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash – bu yerlardan foydalanish va muhofaza qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish, moliyalashtirish, yer uchun haq to‘lash va unga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar undirish, iqtisodiy rag‘batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash bilan bog‘liq qoida-talablarning qonun hujjatlarida mustahkamlanishidir.

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda iqtisodiy mexanizmning ikki asosiy jihatiga e’tibor qaratish lozim. Iqtisodiy mexanizmning shakllanishi birinchidan, yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish va pul mablag‘lari jamg‘arilish manbai bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan, yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdoriga real ta’sir ko‘rsatib, ularni qonunchilikda mavjud talablarni bajarishga undaydi.


Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori uchun iqtisodiy rag‘batlantirish vositasi sifatida baholanishi;

  2. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining ayrim turlarida davlat majburlov choralaridan foydalanilishi (masalan, yerlardan nooqilona foydlanganlik hamda qonunlarda belgilangan talablarni buzganlik uchun iqtisodiy jazo choralari qo‘llashda, yerlardan foydalanganlik uchun soliq undirishda);

  3. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmida ma’muriy-huquqiy vositalarning iqtisodiy rag‘batlantirish usullari bilan o‘zaro uyg‘unlashganligi;

  4. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlashda yer qonunchiligi tamoyillarning ustuvor mavqe kasb etishi;

  5. yerlardan foydalanish va muhofaza qilishda iqtisodiy manfaatdorlik yer qonunchiligi talablariga asoslangan holda ta’minlanishi;

  6. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining yerlardan oqilona, ilmiy asoslangan tarzda hamda samarali foydalanishni ta’minlovchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi;

  7. yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining huquqiy institut sifatida bir qator vosita va usullar majmuidan (yerlardan foydalanganlik uchun to‘lov, iqtisodiy rag‘batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash, sug‘urta va jamg‘armalar) tashkil topishi.

Ushbu xususiyatlarning yuridik tabiatini tahlil qilgan holda ta’kidlash joizki, yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash Respublikamizni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishini belgilab beruvchi omil bo‘lib xizmat qilib, yerlardan oqilona va samarali foydalanishning iqtisodiy-huquqiy asoslarini belgilab beradi hamda inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishiga ko‘maklashadi.


Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling