Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash


Download 59.98 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1522650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Yer uchun haq to‘lash
Yer uchun haq to‘lash tushunchasi o‘z ichiga yerga nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarga ega bo‘lish natijasida kelib chiquvchi barcha majburiy to‘lovlarni qamrab oladi3. “Yer uchun haq to‘lash” tushunchasi zamirida yer solig‘i va ijara to‘lovi tushuniladi. Ijara to‘lovi shartnoma asosida belgilansa, yer solig‘i davlat tomonidan yerdan foydalanuvchiga nisbatan belgilangan majburiy ko‘rsatma bo‘lib, o‘zgartirilishi mumkin emas4. Yer uchun haq to‘lashning huquqiy asoslari bevosita O‘zbekiston Respublikasining yer va Soliq kodekslariga borib taqaladi.
Xususan, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplaridan hisoblanishi Yer kodeksining 2-moddasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlangan. Mazkur kodeksning 28-moddasida, O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi. O‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to‘laydilar. Yer uchun haq har yili to‘lanadigan yer solig‘i shaklida olinadi, uning miqdori tuproqning boniteti, suv bilan ta’minlanish darajasi, avtomobil yo‘llariga yaqin-uzoqligi, shahar yoki tuman markazigacha bo‘lgan masofa kabi mezonlarga qarab, turli koeffitsientlarda belgilanadi5.
Yer uchun haq to‘lash shu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishni ta’minlashi bilan ham ahamiyatlidir. Bu borada, dastavval, yer solig‘iga to‘xtaladigan bo‘lsak, u yer egalari, mulkdorlari va foydalanuvchilardan undiriladigan eng asosiy haq shakllaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, yer solig‘ining uch asosiy shakli sanab o‘tilgan:
1) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i (O‘zR SK 49-bobi);
2) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (O‘zR SK 50-bobi);
3)yagona yer solig‘i (O‘zR SK 57-bobi).

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilaridir.


Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun yer solig‘ini to‘lovchidir. Quyidagilar yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmaydi:

  • notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan yer uchastkalari bo‘yicha belgilangan tartibda yer solig‘i to‘lovchilar bo‘ladi;

  • soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar, ular uchun belgilangan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa.

Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi:

  • aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, ya’ni maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;

  • aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

  • kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);-zaxira yerlar. Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.

Yer huquqiga oid adabiyotlarda yer solig‘ini belgilash mezoni bo‘lib xizmat qiluvchi uch jihati ajratib ko‘rsatiladi, bular: 1) yerning asosiy foydalanishga mo‘ljallangan maqsadi, ya’ni yer uchastkasining qaysi yer fondi toifasiga mansubligi; 2) yer sifati, ya’ni yer uchastkasining muayyan xo‘jalik ehtiyojlari uchun yaroqliligi darajasi; 3) yer uchastkasining aniq joylashgan manzili (iqtisodiy samaradorlikning yuqoriligi, yo‘l xarajatlarining arzonligiga ta’sir etadi)6.
Umuman olganda, mamlakatimizda yer uchun haq to‘lashning joriy etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yerlardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, yerlarni o‘zlashtirish, muhofaza qilish hamda unumdorligini oshirish, turli sifatli yerlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shartlarini belgilash, aholi punktlarida infratuzilma rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishni kafolatlashdir.
Yer uchun haq to‘lashning navbatdagi shakli ijara haqi bo‘lib hisoblanadi.




Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling