Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash


Download 59.98 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1522650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Esda tuting!

Ijara haqi ham yer solig‘i kabi yer uchun haq to‘lash shakli bo‘lib, ular bir-biridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi, yer solig‘i miqdori esa, davlat tomonidan o‘rnatiladi; ikkinchidan, ijara haqining miqdori yer solig‘iga nisbatan bir necha barobar ko‘p belgilanishi mumkin; uchinchidan, ijara haqi turli xil shakllarda (pul, natura, aralash) to‘lanishi mumkin, yer solig‘i esa faqat pul ko‘rinishida to‘lanadi7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi.


Yer uchun haq to‘lashning navbatdagi shakli bu yagona yer solig‘i bo‘lib, qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari ushbu soliqni to‘lovchilardir. Bunda qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Yerning normativ bahosi ko‘rsatkichlari uning sifati, joylashgan joyi qulayliklarini ifodalab, yer uchastkasining sotilishi vaqtidagi eng quyi chegara sifatida belgilanadi.
Yerning normativ bahosi – yer uchastkasining foydalanish maqsadiga ko‘ra, uning sifat, manzil va bozor qiymatini tavsiflovchi hamda xarid narxining eng quyi chegarasini belgilovchi iqtisodiy ko‘rsatkich.



Xorijiy tajriba!

Avstriyada 1989 yilda maxsus “Ifloslangan yer uchastkalarini tozalash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, u tozalash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. Shvetsariyada esa, yerni ifloslantirganlik uchun haq to‘lash masalalari 1983 yilda qabul qilingan “Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun hamda 1998 yil avgustdagi hukumat qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun ham “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyiliga asoslanib, barcha qayta tiklovchi chora-tadbirlarni moliyalashtirishni atrof tabiiy muhitga zarar yetkazgan shaxs zimmasiga yuklaydi8.




Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling