Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash


Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlarining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari


Download 59.98 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1522650
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза матни (2)

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlarining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi haqida gapirganda, uning maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tishimiz joiz, zero maqsad va vazifalar muayyan huquqiy institutning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi muhim mezonlardan hisoblanadi.


Iqtisodiy dastaklarni qo‘llash “ifloslantiruvchi – to‘laydi”, “Tabiatdan foydalanuvchi – to‘laydi” tamoyillariga asoslanadi. Iqtisodiy mexanizm va dastaklarni qo‘llashdan maqsad atrof-muhit resurslarining qiymatini mos ravishda baholash va ulardan samarali hamda maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlashdan iborat2.
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining maqsadi - yer resurslarining qiymatini mos ravishda baholash, undan ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, yer qonunchiligi talablariga rioya etilishini rag‘batlantirish, yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni imtiyozli soliq va kredit berish yordamida rivojlantirish, yerga zarar yetkazilishini oldini olish va yetkazilgan zararni qoplash hamda yer uchun haq to‘lashni ta’minlashdan iborat.
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmi maqsadlaridan kelib chiqib, ushbu institutning yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:

  • yerlardan foydalanish va muhofaza qilishga oid chora-tadbirlarni rejalashtirish va moliyalashtirish;

  • yerdan foydalanish chegaralarini belgilash;

  • yerlardan foydalanganlik, yerlarni ifloslantirganlik va ularga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar hajmini belgilash va undirish;

  • yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanish uchun to‘lovlar hajmi va yerning normativ qiymatini belgilash;

  • yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha samarali choralarni amalga oshirgan yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlariga soliq, kredit va boshqa imtiyozlarlar berish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;

  • yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘orilayotgan yerlardan foydalanuvchilarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirish;

  • yer qonunchiligi talablarini buzgan, yerlarni muhofaza qilishga oid davlat va mahalliy dasturlarda belgilangan vazifalarni hamda yer resurslarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rmagan yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorlarini tegishli imtiyozlardan to‘liq yoki qisman mahrum qilish;

  • yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish.




Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling