Yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisob qilish
Download 89.2 Kb.
|
Haydaladigan yerlarning qishloq xo
K3 = N1 +N2
bu yerda: N1 – 1 ga sug‘oriladigan tuproqning narxi; N2 – 1 ga yerni o‘zlashtirish uchun sarflangan capital qurilmalarning narxi; Bundan tashqari qoplam qiymatiga yer usti va yer osti inshoot kommunikasiyalar va daraxtlar narxi kirish lozim. Bu holda Yer qishloq xo‘jalik vositasi sifatida emas, balki xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish, shahar qurilishi uchun hududiy bazis sifatida narxlanadi. Deylik 10 ga yerda og‘ir mashinasozlik zavodi uchun omborxona inshootlari qurilishi kerak. Shu hududda 20 ming qiymatda so‘m bo‘lgan suv uzatadigan minora bor. Unga qarashli inshoot va uskunalar 20 ming so‘m suv uzatadigan quvurlar 1,5 ming so‘m turadi. Ushbu yerni o‘zlashtirish uchun sarflandi. Demak 10 ga yerning qoplam qiymati quyidagidan iborat bo‘ladi: N3 = (23,04 ming so‘m R x 10) = 20 ming so‘m = 30 ming so‘m = =1,5 ming so‘m = 45 ming so‘m = 326,9 ming so‘m. Natijada, og‘ir mashinasozlik vazirligi xo‘jaligiga 326,9 ming so‘m to‘lash lozim. Bu qiymatga ijara haqi kirgani yo‘q. Aslida qoplam qiymatini belgilashda ijara muddati albatta ijobatga olinishi lozim. 7.4. Yerlarni baholash bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish Yerni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish yerdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir. U o‘z navbatida, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ilmiy tizimini taqoza etadi. Yerni unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishning ilmiy tizimi asoslari va yerdan yuqori mahsuldorlik bilan foydalanishidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanish, zamon va makonda har xil o‘simlik turlarining ilmiy asoslangan ketma - ketligi, tuproqqa ekologik toza ishlov berish usullari, o‘g‘itlash, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnolgik ketma - ketlikda foydalanish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash kabi muayyan elementlar aniq yo‘l bilan boshqarishni talab qiladi. Yerdan muayyan foydalanuvchilar va hisob hujjatlari tuman masshtabida qayd qilinadi. Yerlarni baholash uchun rayonlarga ajratish. Yerlarni baholash uchun (kadastr) rayonlariga ajratish, Respublika, viloyat va tumanlarda shu joylarning tuproqlari, iqlimi, texnologiyasi va boshqa farqlari, shuningdek, xo‘jalikning ixtisoslashganligi hisobga olingan holda mamlakatning umumiy tabiiy - qishloq xo‘jalik rayonlariga ajratish sxemasi bo‘yicha bajariladi. Umumiy tabiiy qishloq xo‘jalik rayonlariga ajratish sxemasiga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining kadastr rayonlarga ajratiladi. Yerlarni baholash maqsadida tabiiy tekislik provinsiyalar va tog‘li viloyatlar mamlakatining umumiy rayonlashtirish sxemasiga asosan tabiiy okrug va yer baholash rayonlariga ajratiladi. Tabiiy okruglar, asosan agroiqlim, gemorfologiyasi va tuproq meliorativ belgilari o‘xshash bo‘lgani uchun ajratiladi. Tekislik provinsiyasi doirasida okruglarning xarakterli belgilari shulardan iboratki, qishloq xo‘jalik yer turlarining konturlari ma’lum miqdorini belgilovchi va yerning boshqa tabiiy texnologiya xususiyatlarini ko‘rsatuvchi gemorfologik sharoitlari bir xilligidir. Yerni baholash, kadastr rayonlari, viloyatlar va respublika tarixida tabiiy okruglarning bir qismini tashkil qiladi. O‘zbekistonda yer tuzish loyiha institutining yer kadastri filiali tomonidan o‘tkazildi. Natijada dasht mintaqalarda va shunday tuproqlardan iborat mintaqada tuproqning mexanik tarkibiga turlicha baho berish zarurligi va yengil qumoq tuproqlarda bo‘z tuproqli tuproqlardagi o‘rtacha qumoq tuproqli maydonlarga nisbatan yuqori hosil yetishtirilayotganligi aniqlandi. Unumdorlik bo‘yicha baholash tartibini takomillashtirish, dala sharoitida o‘tkazilgan va vegetasion tajribalar natijasida olingan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida ayrim pasaytirish koeffisiyentlariga o‘zgartirishlar kiritish zarur, natijada litologiya bilan ona jinslar genezisi yanada uzviyroq bog‘lanadi. Unumdorlik bo‘yicha baholash muayyan yerdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining talablariga hisobga olingan holda o‘tkaziladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari sharoitida g‘o‘zaning talablariga hisobga olingani e’tiborda tutiladi. G’o‘zaning talablari hisobga olingan holda aniqlangan unumdorlik ko‘rsatkichlari (bonitetlar) paxta majmuiga kiruvchi boshqa hamma ekinlar (sholi, kanop va ko‘p yillik mevali daraxtlardan tashqari) ekiladigan, sug‘oriladigan yerlarni baholsh uchun ham to‘g‘ri keladi. Demak, unumdorlik bo‘yicha baholash - agrotexnika va dehqonchilikni intensivlashning o‘rtacha darajasida tuproq sifatiga hamda unumdorlik xususiyatlariga solishtirma baho berish, demakdir. Bu ish tuproqning ham tabiiy, ham madaniylashtirish natijasida vujudga kelgan xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, hosil olish uchun zarur bo‘lgan agrotexnik va meliorativ tadbirlar majmuining xususiyati hamda tarkibi tuproqning o‘ziga xos bo‘lib, shu tomonlarga bevosita bog‘liqdir. Download 89.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling