Yig’ilishbayoni №1
Download 171.5 Kb.
|
Amaliy fanlar MB Bayyonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- YIG’ILISH B A Y O N I №5 Sultonravot MFY 24. 12. 2022 yil Metodbirlashma rahbari- O.Sa’diyeva
Yig’ilish raisi : O.Sa`diyeva
Kotib: D.Qo`chqorova Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya, CHQBT) MetodbirlashmasiningYIG’ILISH B A Y O N I №5 Sultonravot MFY 24. 12. 2022 yil Metodbirlashma rahbari- O.Sa’diyeva Metodbirlashma mas’ul kotibi- D.Qo’chqorova Qatnashdi: Metodbirlashma a’zolari: 8 nafar KUN TARTIBIDAGI MASALALAR: 1. Fanlardan tashkil etilgan to‘garaklar, to‘garaklarda olib borilayotgan mashg‘ulotlarning ahvoli va ularning faoliyati monitoringi; 2. Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnologiya, jismoniy tarbiya, chyot fanlari) o‘qituvchisi A.Ortiqovning ilg‘or ish tajribasini bosqichma-boshqich ommalashtirish; 3. 5-7 sinf o‘quvchilarining tasviriy san’at fanidan o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish monitoringi hamda ular bilan olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarining ahvoli; Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi T.Mirboboyev so’zi U o’z so’zida bugungi kunda to’garaklarning o’rni kattaligini, to’garaklarni o’tishda sidqidildan ish olib borish o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biridir, sport sog’lik garovi shunday ekan sportni yaxshi ko’radigan o’quvchilar talaygina, ularni o’zlari yoqtirgan yo’nalishlari bo’yicha shug’ullanishimiz lozim, o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda Amaliy fanlarning o’rni katta, har bir metodbirlashma a’zolari o’zlarining fanlari bo’yicha amaliy ishlarni bajarib borishlarini hamda to’gаrаk rаhbаrlаri, fаn o’qituvchilаri fаoliyatini rejаlаshtirish, ularning mahoratini oshirishda to’garakni fidoiylik bilan olib borishdan iboratdir shu kabi boshqa masalalarni aytib o’tdi. Eshitildi: Ikkinchi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa, texnologiya, jismoniy tarbiya, chyot fanlari) o‘qituvchisi A.Ortiqovning ilg‘or ish tajribasini bosqichma-boshqich ommalashtirish bo’yicha topshiriqlar berib o’tdi. Har bir o’qituvchi pandemiya davrida bo’sh vaqtlarida o’zlarining fanlari bo’yicha yangi dars ishlanmalar, fandagi mumammolardan kelib chiqib maqolalar yozish, yangi ped texnologiya asosida turli innovatsion g’oyalar yaratishdan iborat. Bugun biz A.Ortiqov ustozimizga o’z tavsiyalarimizni taqdim etamiz va darslarimiz boshlangan so’ng, shu metodlar foydalanib, ochiq dars o’tishlari uchun bir qancha tavsiyalar berildi. O’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirish, o’quvchining yoshlikdan o’zi yoqtirgan va qiziqqan hunariga jalb etish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun o’zlari qiziqqan hunarni o’rganishlarini aytib o’tildi. Prezidentimiz tomonlaridan Yoshlarimizni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan har bir fan o’qituvchilari o’quvchilarni qiziqishlari bo’yicha ish olib borishlari aytildi. Muzokaraga metod birlashma raisi A.Ortiqov so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolari qobiliyatli o’quvchilar bilan Xalq hunarmandchiliklari qo’l mehnatlari yasashlari aytdi. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling