Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari


Download 78.66 Kb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi78.66 Kb.
#1611976
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Лотин 2022 2023 Якуний талабалар учун


Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tomonidan
2022/2023 yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat
turi bo‘yicha imtihon savollari


2.

Modul nomi: Konstitutsiyaviy huquq





Kazus savollari


2022-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra ichki ishlar organi xodimi asosli tarzda jinoyat sodir etishga moyil deb hisoblagan shaxs boshqa shaxslar bilan bir jamoat joyida to‘plansa, ichki ishlar organi xodimi ularning tarqalishiga buyruq berishi, ushbu buyruqqa bo‘ysunmagan shaxslarni javobgarlikka tortish chorasini ko‘rishga haqli ekani nazarda tutildi. Qonunning asosiy maqsadi shaharlarda jinoyat ko‘rsatkichini pasaytirish va xavfsiz hududlarni yaratish ekani, shuningdek bezorilik, odam o‘ldirish va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgani aytildi.
2022-yil 10-iyul kuni kechki soat 22.00 da oilaviy janjal sababli uydan asabiy holda chiqqan N. Shukurov Amir Temur hiyobonida sayr qilib yurar edi. Unga xotini qo‘ng‘iroq qilganda telefonda u bilan baland ovozda janjallashib ketdi. So‘ng o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib Amir Temur hiyoboniga kelishini va u bilan gaplashadigan gapi borligini aytdi.
O‘rtog‘i D. Rustamov aytgan joyga yetib keldi. Ushbu holatni boshidan kuzatib turgan ichki ishlar organi xodimi ularni jinoyat sodir etishga moyil shaxslar deb topdi va ularning yoniga kelib tarqalishlarini buyurdi.
N. Shukurov bunga qarshilik ko‘rsatdi. Shunda ichki ishlar organi xodimi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun bayonnoma rasmiylashtirdi.
Keyinchalik N. Shukurov barcha sud instansiyalaridan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi. Murojaatda 2022-yil 15-mayda qabul qilingan qonun insonning respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, shuningdek erkinlik va shaxsiy daxlsizlik singari konstitutsiyaviy huquqlarini poymol etgani sababli mazkur qonunni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid deb topishni so‘radi.

Download 78.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling