Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari


Download 78.66 Kb.
bet8/12
Sana19.06.2023
Hajmi78.66 Kb.
#1611976
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Лотин 2022 2023 Якуний талабалар учун

Quyidagi savollarga javob bering.




O‘zbekistonda 409 mingta oila “Temir daftar”ga kiritilgan. Ma’lum qilinishicha, aholi 5ta mezon asosida “Temir daftar”ga kiritib borilmoqda: 1) mehnatga layoqatsiz yoki surunkali kasalliklari oilasi a’zosi mavjud bo‘lgan oilalar; 2) yakka-yolg‘iz bevalar va o‘zgalar parvarishiga, qaramog‘iga muhtoj bo‘lgan oilalar; 3) 5 nafar va undan ortiq farzandi mavjud ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar; 4) koronavirus pandemiyasi natijasida o‘zining doimiy daromad manbayidan mahrum bo‘lgan oilalar; 5) haqiqatan ham ehtiyojmand, nochor va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar.
Prezidentning 2020 yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistondagi uch toifa, xususan “Temir daftar”dagi oilalar farzandlariga
500 ming so‘mdan pul tarqatish belgilandi.
Ushbu bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishidan xabar topgan “Kamolon” mahallasining o‘ziga to‘q, moddiy sharoiti yaxshi ahvolda bo‘lgan 5 nafar fuqarolari ushbu qarordan norozi bo‘lishdi. Ular ushbu yordam Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy tenglik tamoyillariga zid bo‘lib, pandemiya davrida barchaga birdek moddiy yordam ko‘rsatilishi kerak deb hisoblashdi. Shu tufayli ular moddiy yordam so‘rab mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilishdi. Rad javobi olgach, prokuraturaga MFY raisining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat etishdi.
Quyidagi savollarga javob bering.




Antiseptik va gigiena vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Biokosmik” xususiy korxonasining bir guruh xodimlari mazkur korxona egasiga ularning huquq va erkinliklariga rioya etilmayotganligi va ularning huquqlari buzilayotganligi masalasida murojaat qildi.
Ular ish sharoitlari, xususan, ish haqining kechiktirib to‘lanishi, shuningdek, mulkdorning qarindoshlari bo‘lgan xodimlarga maxsus imtiyoz va nafaqalar berilayotganligi yuzasidan prokuraturaga shikoyat bilan murojaat qilishlarini aytishdi.
Bundan tashqari, ular kichik biznes sub’ekti sifatida korxonaning muayyan imtiyozlaridan mahrum bo‘lishiga erishish uchun antiseptik vositalarini belgilangan talab me’yorlar asosida tayyorlanmayotganligi haqida xabar berishlarini bildirishdi.
Bunga javoban korxona rahbari o‘zining xususiy korxonasida o‘zi istaganday ishlashini aytib, norozi bo‘lgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Download 78.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling