Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari


Download 78.66 Kb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi78.66 Kb.
#1611976
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Лотин 2022 2023 Якуний талабалар учун

Quyidagi savollarga javob bering.




2022 yil 15 sentabr kuni Y. Olimov Toshkent shahriga vaqtinchalik xizmat vazifasini bajarish uchun oilasi bilan ko‘chib keldi. Uchastka noziri 5 kun ichida turgan joyi bo‘yicha hisobga turishi lozimligini rasman ma’lum qildi. Y. Olimov doimiy ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lib hududdagi militsiya tayanch punktiga murojaat etganida uchastka inspektori Y. Olimovni Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tishga huquqi yo‘qligini aytib, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Y. Olimov turgan joyi bo‘icha ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganda esa hujjatlardagi ayrim kamchiliklarni vaj qilib fuqaroning murojaatini rad etdi.
Bundan norozi bo‘lgan Y. Olimov prokuratura organlariga murojaat qildi. U o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqaro respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi mavjud ekanligini qayd etdi.
Quyidagi savollarga javob bering.




2022 yil 5 avgust kuni B. Rasulov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 34-Bo‘z saylov okrugi raisiga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida murojaat qildi.
U o‘z murojaatida okrug saylov komissiyasi faoliyatini jamoatchilik nazoratiga oid qonunchilik normalari asosida hamda o‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirmoqchi ekanligini ta’kidladi. Okrug saylov komissiyasi raisi B. Rasulovni bunday huquqi yo‘qligini bildirib, uni Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi lozimligini bildirdi.
B. Rasulov mazkur holatdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi.
Quyidagi savollarga javob bering.




“A” Siyosiy partiya parlamentga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muvaffaqiyatli qatnashish maqsadida xalqaro tashkilotdan hamda siyosiy platformasida aks ettirilgan g‘oya va maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan chet el fuqarosidan ko‘p miqdorda chet el valyutasidagi xayriya yordamini oldi.
Olingan mablag‘lar hisobidan siyosiy partiya nomzodlar bilan uchrashuvlarni tashkil etdi, uchrashuvlarga kelgan fuqarolarga o‘z hisobidan dasturxon tashkil etdi, esdalik sovg‘alarini hadya qildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va bank-moliya idoralari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi partiyani saylov jarayonida ishtirok etishdan chetlatdi. Siyosiy partiyaning faollaridan biri mazkur qarordan norozi bo‘lib Konstitutsiyaviy sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi.

Download 78.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling