Quyidagi savollarga javob bering.
|
2023 yil 2 may kuni Turkmaniston Respublikasi fuqarosi N. Olimov Xorazm viloyati Xonqa tumani IIB boshlig‘i G. Rametovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishni so‘rab murojaat qildi. Murojaatda O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgani, hozirda farzandlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, shu yerda yashashini keltirib o‘tdi. Shunga asosan, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berilishini talab etdi. Biroq, uning talabi qondirilmadi.
Bundan norozi bo‘lgan N. Olimov shikoyat bilan sudga murojaat qildi.
Quyidagi savollarga javob bering.
|
|
2022 yil 15 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi 17 yoshli S. Mahkamov O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan xolasi M. Anvarova tomonidan farzandlikka olindi.
Bir oy ichida S. Mahkamov Qozog‘iston fuqaroligidan chiqdi. M. Anvarova farzandi S. Mahkamovni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishini so‘rab ichki ishlar organiga murojaat qildi. Biroq, ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish uchun chet el fuqarosi O‘zbekiston hududida besh yil davomida muqim yashashi kerakligi aytildi.
Shu bois, bu talab bajarilmagani sababli M. Anvarova tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarildi. Bundan norozi bo‘lgan M. Anvarova sudga murojaat qildi.
Quyidagi savollarga javob bering.
|
|
2022 yil 18 sentabr kuni I.Mahkamov o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini fuqaro Sh.Karimovga 35 ming AQSh dollariga sotib yubordi. Ushbu yer uchastkasining hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida davlat hokimiyati idoralari ushbu oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga to‘sqinlik qildi. Ya’ni, yer umummilliy boylik sifatida uning erkin oldi-sotdi qilinishi mumkin emasligi aytildi.
I.Mahkamov esa ushbu yer uchastkasi uning mulki ekani, unga nisbatan mulk huquqi mavjud bo‘lib, uni tasarruf etish huquqi ham mulk huquqining elementi sifatida unga tegishli ekanligini keltirib sudga murojaat qildi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |