Yillik mehnat taʼtili berish va vaqtincha vazifani yuklash toʻgʻrisida


IV. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH


Download 34.93 Kb.
bet6/8
Sana19.09.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1681062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buyruqlar

IV. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
15. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va
amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
16. Mazkur shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda
va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
17. SHartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat
qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi.
V. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
18. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan
vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
19. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar
imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
20. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish
choralarini ko‘radilar.
21. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi.
22. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
VI. FORS-MAJOR HOLATLARI
23. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya’ni engib bo‘lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan
sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydilar.
24. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik
bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishi shart.
25. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati engib bo‘lmaydigan kuch holatlarini
davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
VII. YAKUNIY QOIDALAR
26. Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 20___ yilning _____________ kuniga
qadar amal qiladi.
27. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzildi, ikki nusxa bir xil yuridik kuchga ega, tashkilot hamda ota-onalarda
bir nusxadan saqlanadi.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling