Yillik mehnat taʼtili berish va vaqtincha vazifani yuklash toʻgʻrisida
III. TO‘LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
Download 34.93 Kb.
|
buyruqlar
III. TO‘LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
7. Tashkilotda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi 83500 so‘m; agar ota-onaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari tashkilotga qatnagan taqdirda badal to‘lovi 66500 so‘mni tashkil etadi. Bunda: bir oilada ikki va undan ortiq bolalar turli tashkilotlarga qatnasa, ota-ona tegishli ravishda bir tashkilotdan boshqasiga farzandlarining boshqa tashkilotga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan oilaning a’zolari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim. 8. Tashkilotdagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan badal to‘lovi miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqda tashkilot ma’muriyati tarafidan ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi hamda qo‘shimcha kelishuv shartnoma tuziladi. 9. Tashkilot ota-onadan tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovini joriy oyning 15- sanasidan kechiktirmasdan amalgaoshirilishini talab qilishi lozim. 10. Tarbiyalanuvchining tashkilotga uzrli sabablarga ko‘ra, ya’ni ketma-ket 3kundan ortiq kasalligi yoki oila a’zolarining kasalligi (karantin), ota-onasining mehnat yoki boshqa ta’tilda bo‘lganligi sababli kelmagan kunlariga to‘lovni qayta hisoblash faqatgina yuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi xujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi. 11. Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra tarbiyalanuvchi tashkilotga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda tashkilot rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha tashkilotga kelmasligiga ruxsat beriladi. Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota-ona tarafidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi. 12. Tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovi oyning 15-sanasidan boshlab ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi tashkilotdan chetlashtiriladi; 13. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tashkilotdagi tarbiyalanuvchi ta’minoti uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu tashkilotga tiklanadi, ko‘rsatilgan muddatdan o‘tib ketgan taqdirda tashkilotga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchining tashkilotga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida ota-onaning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda to‘lovni to‘liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undiriladi. taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda tashkilotiga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi. IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI 14. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Download 34.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling