Yillik mehnat taʼtili berish va vaqtincha vazifani yuklash toʻgʻrisida


Download 34.93 Kb.
bet4/8
Sana19.09.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1681062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buyruqlar

5. Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega:
a) tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
b) tashkilotning ustavi bilan tanishish;
v) tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar,
ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlarva h.k.) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
g) tashkilotda tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash
bo‘yicha takliflar kiritish; d) tashkilotda bolasi uchun ta’lim berish tilini tanlash;
e) tashkilotda tarbiyalanuvchita’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning
shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
j) tashkilotning kun tartibi davomida ___soat dan ___soatgacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda
sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchinini tashkilotdan olib ketish;
z) tashkilot rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor
qilish.
6. Ota-onaning majburiyatlari:
a) mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan tashkilot
rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
v) tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni
(telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
g) tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda , zudlik bilan tashkilot ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish;
d) tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida tijorat banklari orqali
naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) shaklda to‘lash hamda
to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;
e) agar tarbiyalanuvchi joriy oyning 15-sanasidan keyin tashkilotga kelgan taqdirda ta’minot uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;
j) tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma,
tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish) taqdim etish;
z) tashkilot ishchi xodimlari va tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo‘lish;
i) tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy
kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini tashkilotga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
k) tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va
pishiriqlarni tashkilotga olibkirmaslik;
l) tashkilotga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika
vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda tashkilot ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi;
m)yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda
xabar berish; n) bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
o) pandemiya davrida bolalarga antiseptik vositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil
rangdagi sochiqlar olib berish;
p) ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda tashkilotga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan
o‘tkazish.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling