Yillik mehnat taʼtili berish va vaqtincha vazifani yuklash toʻgʻrisida


Amudaryo tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (yoki ota ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan 25 - son SHARTNOMA


Download 34.93 Kb.
bet2/8
Sana19.09.2023
Hajmi34.93 Kb.
#1681062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buyruqlar

Amudaryo tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona
(yoki ota ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan
25 - son SHARTNOMA


Amudaryo tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan
ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari N.Jumaniyazova bir tarafdan va Bozorboyeva Nargiza (bolaning tug‘ilgan yili vaF.I.O.) ning (bundan buyon matnda tarbiyalanuvchi deb yuritiladi) otasi (onasi) Xolliyeva Qizlargul (bolaning otasi, onasiyoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.) (bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan,birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1. Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda
unga sifatli ta’limtarbiya berish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchunshart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun badal to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib-qoidalariga rioyaqilish majburiyatini oladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa
byudjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda tashkilotning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.Bunda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yildavomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.
II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. Tashkilot quyidagi xuquqlarga ega:
a) tashkilot xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish;
b) tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota-onaning istagidan hamda, tarbiyalanuvchining yosh hususiyatidan
kelib chiqib bolani guruhga taqsimlash;
v) tibbiy ko‘rik va tarbiyalanuvchining kasallanishi natijasida uning tashkilotda bo‘lishini taqiqlovchi hollar
aniqlanganda shifokor tomonidan berilgan tegishli tibbiy xulosa berilgan vaqtlarda uni tashkilotga qabul qilishni rad etish;
g) tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lgan davri uchun to‘lanadigan badal to‘lovi har oyning 15-sanasidan keyin
ikki hafta mobaynidauzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnoma tashkilot tomonidan bir taraflama bekor qilishmumkin;
d) shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilotga bola qatnovini tiklash (kelmagan kunlari uchun to‘lov
qoplangan taqdirda) yoki yangiqabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
e) tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish;
j) tashkilotda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy
ta’lim-tarbiya jarayonigaxalaqit bermagan holda ota-onalar hohishiga ko‘ra pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;
z) tashkilotdagi tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchini kunlik filtratsiyadan o‘tkazish jarayonida
bolada tashkilotda bo‘lishnita’qiqlaydigan kasallik aniqlanganda uni muassaga qabul qilishini rad etish.

Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling