Yirik masshtabli topografik xaritalar mazmunini o‘rganish va tahlil qilish
Kartografik xaritalar tarix davomida hujjat manbai sifatida ham foydalanilgan, buning yordamida biz dunyoning turli burchaklaridan turli xil ma'lumotlarni topishimiz mumkin. Asosiy kartografiya tamoyi
Download 97.05 Kb.
|
1 (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilardan foydalanish
- 2.3 Aero va kosmik fotosuratlarni o‘qish (deshifrovka qilish)ni geografik asoslari va generalizatsiya darajasi
Kartografik xaritalar tarix davomida hujjat manbai sifatida ham foydalanilgan, buning yordamida biz dunyoning turli burchaklaridan turli xil ma'lumotlarni topishimiz mumkin. Asosiy kartografiya tamoyillariKartografik xaritalarni ishlab chiqish muayyan loyihalash jarayonidan boshlanadi, bu jarayon kartograf tomonidan xarita mavzusiga va undan foydalanish maqsadiga muvofiq ishlab chiqiladi. Belgilardan foydalanish: ramzlashtirish xaritani ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega, unda tasvirlanmoqchi bo'lgan ob'ektlarga ko'ra shakl va rangga nisbatan ishora qiluvchi belgilar bo'lishi kerak. Ushbu modallik shahar yoki turistik xaritalarni tasvirlashda juda foydali bo'lishi mumkin. Bu xaritalarni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatdir, chunki bu ularni tushunishni osonlashtiradi, bu nomoddiy xaritaga erishish uchun aniq ko'rsatmalarni o'z ichiga olishi kerak bo'lgan tipografiya bilan bog'liq. 2.3 Aero va kosmik fotosuratlarni o‘qish (deshifrovka qilish)ni geografik asoslari va generalizatsiya darajasi Geologiyaning geologik xaritalash va foydali qazilma konlarini qidirish sohalarida aerokosmik usullardan foydalanish keyingi davrning eng katta yutug’i hisoblanadi. Geologik xaritalashda aerokosmik materiallardan foydalanish katta imkoniyatlar ochib berdi. Bunda, ish jarayoniga sarflanadigan vaqtni, moddiy va material boyliklarni tejashdan tashqari, ishning sifati ham ancha oshdi. Har qanday geologik chegaralarni, qatlamlar orasidagi munosabatlarni, burmali strukturalarning butun tafsilotlarini va mayda yoriqli strukturalarni ham aniqlash imkoniyati yaratildi. Aerokosmik usullarda asosan joyning aerokosmosuratlaridan geologik ma’lumotlar olish ko’zda tutiladi. Aerokosmosuratlarni talqin qilish joyning geologik tuzilishini bevosita dala sharoitida olib boriladigan tadqiqotlar bilan birgaliqda bajariladi. Bu ishlar o’z xususiyatlari bilan turlicha bo’lsada, bir - birini to’ldiradi va nazorat qiladi. Aero - va kosmosuratlar ham o’z xususiyatlari bilan bir - biridan birmuncha farq qiladi. Aerosuratlar joyning samolyotlar, vertolyotlar va havo sharlaridan turib olingan fotografik tasvirdan iborat bo’lib, ular har xil miqyosda amalga oshiriladi. Aerosuratlar miqyosi 1:5 000, 1:30 000, 1:65 000, 1:100 000 bo’lishi mumkin. Ular 18x18, 24x24 va 30x30 sm o’lchamlardagi maxsus standart fotoqog’ozlarda tayyorlanadi. Aerosuratlar iste’molchilarga 1:10 000; 1:25 000 va 1:100 000 miqyosdagi trapesiyalarga joylashtirilib, komplekt holida beriladi. Aerosuratlar rejali va manzarali xillarga bo’linadi. Fotoapparatning optik o’qi tasviri olinayotgan joyga nisbatan tik yoki og’ish burchagi 3 - 50 dan oshmasa - planli, og’ish burchagi 50 dan katta bo’lsa - manzarali suratga olish deyiladi. Aerosuratlar bir - birini ma’lum darajada qoplaydigan holda tayyorlanadi. Ularning o’zaro qoplanishini hisobga olgan yig’indisi ustama yig’ish (nakidnoy montaj) deyiladi. Odatda ustama yig’ish ixtiyoriy miqyosda tayyorlanadi. Ustama yig’ilgan aerosuratlarda joyning topografik nomenklaturasi, aholi punktlari, daryolar va tog’ cho’qqilari to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Har xil miqyosli aerosuratlar bir xil miqyosga keltirilganidan so’ng, ular ustama yig’ilib, joyning fotochizmasi tayyorlanadi. Fotochizmalar yordamida yirik geologik strukturalar o’rganiladi. Kosmosuratlar kosmik kemalar yordamida olingan joyning fotografik tasviri bo’lib, ularning miqyosi 1:250 000 va 1:7 500 000 bo’ladi. Kosmosuratlar fotoapparat optik o’qining olinayotgan hududga nisbatan tik yoki og’ish burchagi 3 -40 dan oshmaydigan rejali, 4 -150 li rejali - manzarali va 150 dan katta manzarali xillarga bo’linadi. Kosmosuratlarning aerosuratlardan farqli xususiyati bir fotoqog’ozda katta maydonning tasvirini berishidir. Kosmosuratlardan ham fotochizmalar va fotoxaritalar tayyorlaniladi. Kerak bo’lganda ularning miqyosi kattalashtiriladi. Bunda ularning Yuqori aniqlik darajasidan foydalaniladi. Kosmosuratlar har xil spektrda olingan oq - qora va rangli tasvirda tayyorlanishi mumkin. Aerokosmosuratlar yordamida tektonik strukturalarning shakli, o’zaro munosabatlari, hosil bo’lishi va nisbiy yoshini aniqlash, litologo - stratigrafik komplekslarni ajratish va ularning tarqalishini kuzatish, joyning geomorfologik xususiyatlarini o’rganish, zamonaviy geologik jarayonlarini kuzatish va boshqa ko’plab masalalarni echish mumkin. Aerokosmosuratlarni tahlil qilishda sifat va son o’zgarishlariga e’tibor beriladi. Son o’zgarishlari qatlamlarning yotish elementlari, qalinligi, geologik strukturalarning o’lchami, er yoriqlarining surilish amplitudasini anqlashni o’z ichigi oladi. Shuni alohida ta’qidlash kerakki, kosmosuratlarning miqyosi juda kichik bo’lganligi tufayli ularning aniqlik darajasi cheklangan bo’ladi. Bunda o’lchash ishlari maxsus asboblar yordamida bajariladi. Sifat o’zgarishlari bevosita va bilvosita talqin qilish belgilarini o’z ichiga oladi. Bu belgilar joyning geologik tuzilishiga va landshafta qarab tanlanadi. Xulosa Biz bu ishni bajarayotgan paytda turli xil masshtabdagi ya’ni 1:100 000, 1:50 000 hamda 1:10 000 masshtabdagi umumgeografik kartalar bilan tanishib chiqdik. Bu tip masshtabdagi kartalarda asosan relyefni ta'svirlash asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Undan so'ngra joydagi aholi punktlarini sifat va miqdor jihatdan ta'svirlash va unga bog'liq holda gidrografik obyektlar va aloqa yo'llari birin ketin ta'svirlanadi. Shundan so'ngra boshqa obyektlar ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy, o'simlilar qoplami obyektlari va karta masshtabiga to'g'ri kelmaydigan obyektlar eng oxirida ta'svirlanishiga guvoh bo'ldik. Bu obyektlarni kichraytirib kartaga tushirishda albatta 11 ta usullarning ayrimlaridan foydalanilgan. Topografik kartaning mazmuniga to'g'ri kelmaydigan bir jihat bu relyefning detalli ta'svirlanmaganligidir. Aholisi 50 000 dan ortiq bo'lgan yirik shaharlarda zich binolar joylashgan kvartallar to'q sariq fon rangi bilan ta'kidlangan. Zich qurilgan kvartallarga binolar orasidagi masofa, qoida tariqasida, 50 m dan oshmaydigan kvartallar yoki ularning qismlari kirishini ham bilib oldik. Download 97.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling