Yog'larning kislota sonini aniqlash


b) GEMOGLOBINDAGI GEMIN GRUPPANI BENZINDIN VA GVAYAKOL REAKSIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH


Download 100.5 Kb.
bet6/6
Sana23.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1386936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lipidlar. Moylarning yod va kislota sonini aniqlash usullari

b) GEMOGLOBINDAGI GEMIN GRUPPANI BENZINDIN VA GVAYAKOL REAKSIYALARI YORDAMIDA ANIQLASH


Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, benzidinning sirka kislotadagi 1 % li eritmasi, yangi tayyorlangan gvayakol smolasining 1 % li eritmasi, vodorod peroksidning 3% li eritmasi, 50—100 marta suyultirilgan qon.
Benzin vodorod peroksid yordamida oksidlanib para-xinoiddiminga aylanishi mumkin. Bu reaksiya oddiy sharoitda juda sekin ketgani uchun amalda sezilmaydi. Agar reaksion aralashmaga juda oz miqdorda nihoyatda suyultirilgan qon qo'shilsa, reaksiya birdaniga tezlashib, probirkadagi suyuqlik yashil yoki ko'k rangga kiradi:

benzidin

para - xinoiddiimin

Gvayakol smolasining vodorod peroksid bilan oksidlanishi ham benzidin reaksiyasidagidek suyultirilgan qon ta'sirida tezlashadi. Bu reaksiyada gemoglobinning gem yadrosi katalizator rolini o'ynaydi.
Ishning bajaralishi. Ikkita probirka olib birinchisiga 4—5 tomchi benzidinning muz-sirka kislotadagi 1%li eritmasi, ikkinchisiga 4—5 tomchi yangi tayyorlangan 1%li gvayakol smolasining spirtli eritmasini kuyib, har ikkala probirkaga 5 tomchidan 3% li vodorod peroksid, 5 tomchi 50—100 marta suyultirilgan qon qo'shiladi. Probirkalardagi aralashma yashil yoki ko'k rangga kirishi kuzatiladi.


FOSFOPROTEINLAR

Tarkibidagi murakkab efir bog'i yordamida bog'langan fosfat kislotali murakkab oqsillar fosfoproteinlar deb ataladi:



serinfosfat

treonin fosfat
Fosfoproteinlar tarkibida fosfat kislota har xil miqdorda (0,5—1,0%) bo'ladi. Tarkibida ko'p miqdorda fosfat kislota bo'ladigan fosfoprotein — fosvitindir (10%). Fosfoproteinlar kislotali xossaga ega bo'lib, ishqoriy muhitda eriydi. Muhit nordonlashtirilsa cho'kadi. Fosfoproteinlarning keng tarqalgan birikmalaridan sut kazeini, tuxum sarig'idan olingan vittelin, baliq ikrasida uchrovchi ixtullin va boshqalar ma'lum.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Qosimov A. va boshqalar. Bioximiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1988.

  2. A.Q.Qosimov, Q.Q.Qo`chqorov, D.X.Muborakova. Bioximiyadan amaliy mashg`ulotlar. “O`qituvchi”, 1987.

  3. R.Abdullaev va boshqalar. O`simliklar bioximiyasidan amaliy mashg`ulotlar. “O`qituvchi”, 1994.

  4. R.F.Sultonov, N.M.Xolmuhamedova. Bioximiyadan amaliy mashg`ulotlar. Toshkent. Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1995.

  5. www.ziyonet.uz




Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling