Yog'larning kislota sonini aniqlash


BIOLOGIK MATERIALDAN XOLESTERIN AJRATIB OLISH VA UNGA XOS SIFAT REAKSIYALARI


Download 100.5 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1386936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lipidlar. Moylarning yod va kislota sonini aniqlash usullari

BIOLOGIK MATERIALDAN XOLESTERIN AJRATIB OLISH VA UNGA XOS SIFAT REAKSIYALARI


Kerakli asbob va reaktivlar: quritkich shkaf, hovoncha, shpatel, pichoq yoki skalpel, probirkalar, voronka, filtr qog'oz, shisha plastinka (10X10 sm li), gips, xloroform, muz-sirka kislota, sirka angidrid, konsentrlangan sulfat kislota, xoleste-rinning muz-sirka kislotadagi 0,1% li eritmasi, xolesterinning xloroformli ekstrakti (avvalgi ishda olingan), maydalangan miya.
Xolesterin birinchi marta o't toshidan ajratib olingan, o't toshining 90% xolesteringa to'g'ri keladi. Hayvon organizmi quruq massasining 0,25—0,3% ni xolesterin tashkil etadi. Nerv to'qimasi xolesteringa boy bo'lib, uning nam massasining 2—3% bosh miya kul rang moddasining 0,9—1,4%, oq moddasining esa 4—5,3% xolesterindir.
Xolesterin ximiyaviy tarkibi jihatidan to'yinmagan siklik spirt bo'lib, kuchli suv tortib oluvchi moddalar ta'sirida osongina suv yo'qotib, to'yinmagan siklik birikma — xolesteringa, oksidlanish yo'li bilan kondensasiyalanib yashil rangli bixolestadiyenga aylanishi mumkin.
Ishning bajarilishi. Bosh miyadan xolesterin quyidagicha ajratib olinadi: 3—5 g miya materiali avval 6—10 g gips bilan hovonchada yaxshilab maydalanadi, so'ngra olingan massani shisha plastinkaga yupka qilib surkaladi va gaz gorelkasida ohistalik bilan quritiladi. Quruq massani plastinkadan to'plab, quruq probirkaga solinadi. Probirkaga 5—6 ml xloroform quyib 5—10 minut davomida ekstrakt olinadi. Tayyor bo'lgan xloroformli ekstrakt filtrlanib, olingan filtrat keyingi ishlar uchun saqlab qo'yiladi.
1-tajriba. XOLESTERINGA XOS SALKOVSKIY REAKSIYASI.

2 ta probirka olib, biriga 1 ml xloroform ekstrakti, ikkinchisiga xolesterinning 1%li eritmasidan quyiladi. Har ikkala probirkaga teng hajmda konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Ikki kavat chegarasida qizil halqa hosil bo'ladi. Probirkadagi suyuqlik ohistalik bilan chayqatilib tindirilsa, ustki qavat qizil rangga, pastki qavat esa yashil fluoressensiyali to'q sariq rangga kiradi. Agar pastki qavatiga muz-sirka kislota qo'shilsa, suyuqlik fluoressensiyasi saqlangan holda pushti-qizil rangga bo'yaladi.




2- tajriba. LIBERMAN-BURXARD REAKSIYASI.

Ikkita probirkaning biriga 1 ml xolesterin ekstrakti, ikkinchisiga shuncha miqdorda xolesterinning 1% li xloroformdagi eritmasi quyiladi. So'ngra ularning ustiga 10 tomchidan sirka angidrid va 2 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota qo'shib, yaxshilab chayqatiladi. Suyuqlik avval qizil, keyin qizg'ish-binafsha, binafsha-ko'k va nihoyat, yashil rashta bo'yaladi. Eritmada yashil rang hosil bo'ladi.





Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling