Yog'larning kislota sonini aniqlash


b) LESITINDAGI FOSFATNI ANIQLASH


Download 100.5 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1386936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lipidlar. Moylarning yod va kislota sonini aniqlash usullari

b) LESITINDAGI FOSFATNI ANIQLASH

Tigelga ajratib olingan lesitindan ozgina solinadi, uning ustiga ortiqcha miqdorda 2:1 nisbatdagi Na2CO3 va KNO3 kukuni aralashmasidan solib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va gaz alangasi yoki spirt lampasida qizdirib suyuqlantiriladi. Agar tigeldagi aralashma qoraysa, qizdirish rangsizlanguncha davom ettiriladi. So'ngra tigel sovitiladi va uning ustiga 10—15 tomchi (0,5—1 ml) nitrat kislota tomizib, yaxshilab aralashtiriladi. Tigeldagi aralashma toza probirkaga quyilib, unga ortiqcha miqdorda molibdat reaktividan qo'shiladi va qizdiriladi. Natijada sariq rangli ammoniy fosfomolibdat loykasi hosil bo'ladi.




v) BOSH MIYA TO'QIMASIDAGI FOSFATIDLARNI ANIQLASH


Kerakli asbob va reaktivlar: probirka, termometrli suv hammomi yoki suvli termostat, shisha tayoqcha, filtr qog'oz, gips, etil spirt, aseton, kadmby xloridning spirtdagi eritmasi, formalinda fiksasiya qilingan miya.
Miya to'qimasi fosfatidlarga boyligi bilan boshqa to'qimalardan ajralib turadi. Bu to'qimadagi fosfolipidlarni aniqlash uchun ularni avval ajratib olish kerak. Buning uchun avval miya to'kimasi suvsizlantiriladi, so'ngra fosfatidlar spirt yordamida ekstraksiya qilinadi. Spirtli ekstraktdan fosfatid (lesitin) ni aseton yoki kadmiy xlorid yordamida cho'ktirib olish mumkin.
Ishning bajarilishi: quruq probirkaga diametri 5—6 mm kattalikdagi miya bo'lakchasi solib, ustiga shuncha miqdorda gips qo'shiladi. Probirkaga 7— 8 ml etil spirt quyib, shisha tayoqcha yordamida maydalanadi. Probirkani 3—5 minut davomida 50° li suv hammomiga qo'yiladi. Tayyor bo'lgan spirtli ekstraktni 3 ta probirkaga har biriga 0,5—1 ml dan suyuqlik o'tguncha filtrlanadi. Birinchisiga teng miqdorda suv, ikkinchisiga asetoi va uchinchisiga kadmiy xlorid qo'shiladi. Probirkalarda fosfatidlar cho'kmasi hosil bo'lishi kuzatiladi.
STERINLAR VA STERIDLAR

Sterin va steridlar siklopentanopergidrofenantrenning hosilalari bo'lib, o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Sterinlar ximiyaviy tarkibi jihatidan to'yinmagan siklik spirt bo'lib, tabiatda erkin hamda yuqori yog' kislotalar bilan bergan efirlari holatda uchrashi mumkin. Sterinlar ajratib olingan manbalariga qarab, hayvon sterinlari — zoosterinlar va o'simlik sterinlari — fitosterinlarga bo'linadi. Birinchisiga xolesterin, ikkinchisiga ergosterin misol bo'ladi. Sterinlar suvda erimaydi, ular xloroform, efir, benzol va hamda issiq spirtda oson eriydi.





Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling