Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Download 68.93 Kb.
bet11/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

M arkaziy siqilish. Siqilishga ustunlar, havonlar, fermaning yuqori belbog’i va alohida sterjenlari, hamda boshqa konstruktsiyalar ishlaydi. Siqilgan sterjeng’ ko’ndalang kesimlarida bir xilda normal kuchlanishlar hosil bqladi. Yog’och siqilishga, chqzilishga nisbatan ishonchli ishlaydi.6.3-rasmda siqilishga tekshirish uchun standart namuna va siqilishdagi deformatsiya diagrammasi, sinish holati va hisoblash sxemalari ko’rsatilgan.Yog’och mustahkamlik chegarasining yarmigacha elastik ishlaydi va deformatsiyaning o’sishi konuniyatga bo’ysingan holda ortib boradi(chiziqli o’sib borishga yaqin ko’rinishda). Undan keyin kuchlanishni ortishi bilan deformatsiya kuchlanishga nisbatan tez ortadi. Namunalarni sinishi 40 MPa kuchlanishlarda yuz beradi. Bu holat plastik, devorlardagi mahalliy ustivorlikni yo’qotilishi natijasida yuz beradi. Siqilishdagi hisobiy qarshilik Rs =13 MPa ga teng. Yog’och turlari va toifalariga qarab bu qiymatni QMQ dan olinadi.O’lchamlari 13 sm dan katta bo’lgan bruslar ishonchli ishlaydi, chunki ularda qirqilgan tolalar miqdori kamroq. SHuning uchun bunday bruslarni hisoblashda siqilishdagi hisobiy qarshilik Rc15 MPa olinadi. Ko’ndalang kesimi doirasimon yog’ochlarni hisoblashlarda siqilishdagi hisobiy qarshiligi Rc16 MPa olinadi. Yog’ochning plastiklik xususiyati markaziy siqilishga ishlaganda ko’proq ko’rinadi. Mustahkamlik bo’yicha quyidagi formula yordamida tekshiriladi: bu yerda: N - hisobiy siquvchi kuch; Rs -hisobiy siqilishdagi qarshilik; Asof - sof ko’ndalang kesim yuza.
Mustahkamlikka l  7 qisqa elementlar tekshiriladi. Agar l>7 bo’lsa, konstruktsiya ustivorlikka ham tekshiriladi. Konstruktsiyaning ustivorligi kritik yuk bilan aniqlanadi va uning nazariy qiymati 1757 yilda Eyler tomonidan aniqlangan: Sterjenni siqilishdagi va ustivorlikni yo’qotgandagi mustahkamligi, ko’ndalang kesimni shakli va yuzasiga, uzunligiga va uchlarini mahkamlanishiga bog’liq bo’lib, u ustivorlik koeffitsienti -  bilan hisobga olinadi. Bahzan ustivorlik koeffitsientini bqylama egilish koeffitsienti deb ham ataladi. Bo’ylama kuch tahsiridagi yog’och element mustahkamlik va ustivorlik bo’yicha quyidagi formula yordamida hisoblanadi:










Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling