Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Egilishga ishlovchi elementlarninig xarakteristikalari


Download 68.93 Kb.
bet12/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

Egilishga ishlovchi elementlarninig xarakteristikalari. Yog‘ochning asosiy nuqsonlari - butoqlar va qiya qatlamlilik, ayniqsa ular cho‘ziluvchi sohada joylashgan bo‘lsa, elementlarning egilishga qarshiligini kamaytiradi. Qirrasi bilan o‘rnatilgan taxta va bruslardagi cho‘ziluvchi qirraga chiquvchi butoqlar ularning egilishga qarshiligining keskin pasayishiga olib keladi. Katta yog‘i bilan tayanuvchi massiv bruslar va taxtalardan tayyorlangan to‘sinlarda yog‘ochning nuqsonlari ularning egilishga qarshiligini ko‘p miqdorda pasaytira olmaydi, chunki butoqlar va boshqa kichik latlar bilan zaiflashgan qismlarining kamchiligi zaiflashmagan butun kesimlarning ishi evaziga to‘ldiriladi. Egiluvchi elementlar 1-guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha mustahkamlikka, II-guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha bikrlikka hisoblanadi. Hisoblarda siqilish va cho‘zilishda yog‘ochning elastiklik modullari teng, ya’ni Yes=Echo‘z, kuchlanishlar epyurasi esa to‘g‘ri chiziqli deb olinadi. Mustahkamlikka hisob tekis deformatsiyalanish shaklida ustivorligi ta’minlangan elementlar uchun quyidagi formula bo‘yicha bajariladi: bu yerda: - eng xavfli kesimdagi normalь kuchlanishlar;M - hisobiy yuklardan hosil bo‘luvchi eguvchi moment;Wnt - netto kesimning qarshilik momenti, uning qiymatini aniqlashda 200 mm uzunlikdagi uchastkada joylashuvchi barcha zaifliklar bitta kesimda yotadi deb olinadi; mb - kesim o‘lchamlarini hisobga oluvchi koeffitsient Egiluvchi elementning mustahkamligi eng katta eguvchi moment bor joyda va eaiflashgan kesimlarda tekshiriladi. Xoda (doiraviy kesimli yog‘och) larni hisoblashda yog‘ochning «qochishi» hisobga olinadi, uning qiymati 1m uzunlikka 0,8 sm qabul qilinadi.









Egilishga ishlovchi elementlarni hisoblash. Ko‘ndalang egilishda shuningdek, urinma kuchlanishlarni ham hisobga olishg kerak bo‘ladi. Bir oraliqli to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli elementlarda uzunligining kesim balandligiga nisbati kichik bo‘lganda ular teng taqsimlangan yuklar ta’siridan buzilishi mumkin. nisbatning eng kichik qiymati quyidagi ifodadan aniqlanishi mumkin: bu yerda: Ru - yog‘ochning egilishdagi; Rsk - yorilishdagi hisobiy qarshiliklari.Egiluvchi elementlarning urinma kuchlanishlarga mustahkamligi quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi. Q - hisobiy ko‘ndalang kuch;Sbr - neytralp o‘qqa nisbatan brutto kesim siljuvchi qismining statik momenti;Jbr - brutto kesim inertsiya momenti;b - kesim eni.Kesimining eni kichik elementlar tekis shakldagi deformatsiyalanish ustivorligiga quyidagi formula bo‘yicha tekshiriladi: bu yerda:M - ko‘rilayotgan kesimdagi maksimalь eguvchi moment;Wbr - brutto kesim qarshilik momenti; m - egiluvchi elementlarning ustivorlik koeffitsienti: bu yerda: lr - element tayanchlari orasidagi masofa;Kf - lr uchastkadagi eguvchi morment M epyurasi shakliga bog‘liq koeffitsient, 17-jadvaldan olinadi; Kpm - egilish tekisligidan chiqmaslik uchun element cho‘ziluvchi qirrasining oraliq nuqtalarida mahkamlangan bo‘lsa kiritiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:








Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling