B evosita va o‘yib biriktirish. Bevosita birikma yog’och konstruktsiyalarda keng qo’llaniladi va siqiluvchi bir elementdan zo’riqishni ikkinchisiga burchak ostida yoki element o’qi bo’ylab uzatishda qo’llaniladi. Bunday birikmalar ferma belbog’ining oraliq va tayanch tugunlarida, tekis va fazoviy murakkab konstruktsiya elementlari tutashmalarida keng tarqalgan. O’yib biriktirish xoda va chorqirralardan yasalgan konstruktsiyalarda qo’llaniladi. O’yib biriktirish bir, ikki va uch tishli bo’lishi mumkin; sodda va ishonchli ishlashi uchun bir tishlisi keng tarqalgan. Ezilish tekisligi tahsir kuchiga nisbatan 90° burchak ostida belgilanadi, tutashuvchi element o’qi esa shu yuza markazidan o’tishi kerak. Bu tadbirga ko’ra, yorilish tekisligi bo’yicha ishqalanish kuchi sodir bo’ladi, birikmaning siljishga yaxshi ishlashi tahminlanadi. O’yma chuqurligi element balandligining 1/3 ulushidan oshmasligi, chorqirra uchun 2 sm dan, xodalar uchun 3 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Oraliq tugunlarda esa o’yma chuqurligi balandlikning ¼ ulushidan ortmasligi kerak, siljib-yorilish tekisligining uzunligi (lsk) o’ymaning 10 barobar kattaligidan oshmasligi va 1,5h dan kam bo’lmasligi kerak. Fermaning tayanch tuguni uchun o’ymaning hisobiy chuqurligi formulaga muvofiq aniqlanad:hvr=(Nccos)/RsmvSiljib-yorilish yuzasining hisobiy uzunligi 1.6 formulaga muvofiq aniqlanadi
bu yerda: Nc - ustki belbog’ zo’riqishi, kN; α - ustki va ostki belbog’ orasidagi burchak; Rsm - α burchak ostidagi hisobiy qarshilik, MPa; - yorilish yuzasi bo’yicha o’rtacha hisobiy qarshilik, MPa.Boshqacha ko’rinishdagi o’yib biriktirishlar oraliq taxta-yostiqcha va ponalar yordamida yuqoridagi qoidalarga asosan amalga oshiriladi.Konstruktiv o’yib biriktirishlarda hosil bo’ladigan zo’riqishlar birikmaning yuk ko’tarish qobiliyatidan ancha kam bo’ladi. Bularga misol qilib, yarim yog’ochli, qiya kesilgan shipli va yarim taxtali jipslashgan biriktirishlarni ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |