Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi. O’tgan asrda mustaqil hamdqstlik davlatlarida, shu jumladan O’zbekistonda ham bino va inshootlarni loyihalash, qurilish amaliyotidagi ayrim ahamiyatli omillar va muhim yo’nalishlar quyidagi ketma-ketlikka asoslangan holda bajarib kelindi: iqtisodiy jihatdan asoslash; ishlab-chiqarishni texnikaviy darajasi; energiya iqtisodi; ishchi kuchlardan foydalanish va ularning bandligi; resurslarning mavjudligi; sotsial omillar va ekologiya. Ko’rinib turibdiki, ekologiyaga e’tibor oxirgi o’rinda va yetarli darajada emas edi. 21-asrga kelib dunyodagi ko’plab davlatlarda ekologiya masalalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi, bu ketma-ketlik keyingi yillarda o’zgartirilgan va birinchi o’ringa ekologik, sotsial omillar hamda resurslardan unumli foydalanish masalalari qo’yilgan. Bu bejiz emas albatta, chunki 20-asrning oxirlarida ekologik masalalar va resurslardan unumli foydalanish texnologiyalari amaliyotda hal qilinishi kerak bo’lgan asosiy masalalarga aylandi. Barcha yaratilayotgan hamda loyihalanayotgan bino va inshootlar inson uchun, uning salomatligi uchun xizmat qilishi kerak. Jahon sog’likni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan inson organizmiga omillarni ta’sir qilish darajasi aniqlangan: yashash tarzi - 48-50%, ekologik omillar- 20-22%, irsiyat- 18-20%, sog’liqni saqlash darajasi- 7-9%. Ko’rinib turibdiki, ekologik omillar eng muhim omillardan biridir. Ekologiya - bu inson salomatligi, tabiiy resurslar va joyning iqlimiy muhiti masalalari bilan chambarchas bog’liqdir.Ma’lumki, yer yuzida xududlarni geografik joylashuviga qarab iqlimiy muhitlari, tabiiy resurslari darajasi turli xildadir. Markaziy Osiyo davlatlarining iqlimiy muhiti o’ziga xos bo’lib insonni yashashi uchun, uning faoliyat kqrsatishi uchun juda qulaydir. Iqlimiy muhit eng avvalo bajariladigan qurilish ishlariga, insonni yashash tarziga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi hududida tabiiy resurs, mahalliy qurilish ashyolarining mavjudligi qurilish ishlarini bajarishda katta ahamiyatga egadir.Mahalliy ashyolar - tuproq, yog’och, tosh, qamish, somon, poxol, sholi to’poni, arra to’poni va ular asosida olingan qurilish materiallari asosida qadimdan yer yuzining deyarli barcha mamlakatlarida binolar qurilgan va hozirgi kunlarda ham qurilmoqda. Iqlim muhiti, ekologik sof qurilish materiallarining mavjudligi, qadimiy urf-odat an’analari, mahalliy materiallarning arzonligi, turli qo’shimcha sarf harajatlarning yo’qligi, ho’jalik usulida qurilish qilish imkoniyatlarining yuqoriligi kabi tomonlari mahalliy ashyolardan qurilish qilish imkoniyatlarini doimo yaratib kelgan. Ayniqsa, iqlim sharoiti quruq issiq bqlgan mamlakatlarda loydan binolar qurishni odamlar qadimiy ota-bobolar tajribalaridan kelib chiqqan holda ko’plab qurganlar. Loydan qurilgan binolarda insonni yashashi uchun doimo eng zarur bo’lgan muhim iqlim sharoitlari mavjud bo’lgan, masalan yoz faslida binolar ichki iqlim sharoiti salqin va mo’tadil hamda qish faslida esa issiq bo’lgan. SHu bilan birga ekologik nuqtai nazardan sof bo’lgan mahalliy ashyo - loydan tiklangan binolar inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatmagan, odamlar uzoq umr ko’rganlar. Buni izohlash uchun, «beton devor bilan yog’och devorni» va «beton pol bilan yog’och polni» inson salomatligiga ta’siri bo’yicha taqqoslanishi yetarlidir. 20-asrning oxirgi yillarida jahon meditsinasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko’ra, insonlarda juda ko’p uchraydigan revmatizm, radikulit, nafas olish yo’llari, qon tomir va boshqa ko’pgina kasalliklar ekologik sof qurilish materiallaridan qurilgan binolarda yashayotgan insonlarda kam uchraganligi ta’kidlangan.Ularni qo’llanish tarixi ibtidoiy jamoa tuzumiga borib qadaladi. Ibtidoiy odamlar yog’ochdan turli buyumlar va qurol aslahalar yasaganlar, yog’ochdan kichik turar-joylar barpo qilganlar, inshootlarni yerga qoqilgan qoziqlar yordamida mahkamlaganlar hamda to’siqlar va kichik ko’priklar qurganlar. Eramizdan uch ming yillar oldin-Neolit va bronza davrlarida qoziq konstruktsiyalari ishlatilgan. Yog’och uylar qurish uchun kerakli bo’lgan bolta, tesha va boshqa temir qurollar asosan quldorlik tuzumi davrida dunyoga kelgan. Eng qadimgi yog’och konstruktsiyali inshootlar Italiya, Xitoy va Yaponiya davlatlarida ko’plab uchraydi. Qadimgi Rimda quruvchilar yog’och uylar, ehromlar hamda katta daryolarga ko’priklar qurganlar. Masalan, birinchi asrda Yuliy TSezar qz legioni yordamida Reyn daryosi orqali yirik ko’prik qurdirgan. Hozirgacha bambuk yog’ochidan o’rta asrlarda qurilgan Yaponiyadagi, Xitoydagi ko’pgina yog’ochdan qurilgan buyuk ehromlar saqlanib kelmoqda. O’rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida yog’och stropilli tomlar inshootlar qurilishida keng qo’llanilgan, yog’och konstruktsiyali binolar ko’plab qurilgan.Tarixiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, eramizdan 10 ming yillar oldin tosh asrida ham turli yog’och konstruktsiyalari qo’llanilgan. XIX asrning 70-chi yillarida yangi Gvineya mamlakatiga borib qolgan rus olimi Mikluxo - Maklay papuas qabilalarining uylarida oddiy yog’och rama konstruktsiyalari qo’llanilganligini ko’rgan. Papuaslar - yog’och ayriga ustun qo’yib ramalar hosil qilib uy yasaganlar. Bu usul ularga qadim-qadimdan, ota-bobolaridan meros bo’lib kirib kelgan.
|