Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi
Download 68.93 Kb.
|
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termoplastik
- Qurilish fanerasi
- Yog‘och qatlamli plastiklar
- Yog‘och tolali taxtalar DVP
Binokorlik plastmassalari. Polimerlar – sun’iy yoki tabiiy yuqori molekulyar tabiiy birikmalar bo‘lib, binokorlik plastmassalarining asosini tashkil etadi.Ular pastmolekulyar (monomer) modda molekulalarining ketma-ket birikishidan hosil bo‘ladi.Bu jarayon turli omillarning ta’siri ostida boradi: yuqori bosim, yuqori harorat, nurlanish, katalizator yordamida va boshqalar.Sellyuloza – tabiiy polimer bo‘lib, barcha turdagi daraxtlarning yog‘och moddasi hisoblanadi. Boshqa turlardagi tabiiy polimerlarga kauchuk, oqsillar, tabiiy qatronlar kiradi.Sun’iy polimerlar xom-ashyo materialning turli xillaridan (tosh- ko‘mir, neft, gaz va boshqalar) kimyo korxonalarida polimerizatsiya yoki polikondensatsiya usuli bilan olinadi.Qurilishda ishlatiladigan asosiy sintetik polimerlar (fenolformaldegid, karbamid, poliefir, poliamid va boshqalar) asosan polikondensatsiya usuli bilan sintez qilinadi.Qurilishbop plastmassalarning asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: bog‘lovchi modda-polimerlar, to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, qotirgichlar, bo‘yoqlar, barqarorlatgichlar va g‘ovak hosil qiluvchilar.Qizdirilgan va sovitilgan holatidagi xossalariga ko‘ra polimerlar termoplastik va termoreaktiv turlarga bo‘linadi. Termoplastik polimerlar qizdirilganda yumshash va sovitilganda qotish xususiyatiga ega bo‘ladi. Termoreaktiv polimerlar issiqlik va bosim ostida qotadi, qayta qizdirilganda yumshamaydi.Qurilishbop plastmassalar, asosan, termoreaktiv polimerlardan tayyorlanib, ularning nomlanishi to‘ldiruvchi nomi bilan yuritiladi.Ularga, asosan, quyidagilar kiradi: shishaplastiklar, yog‘och qatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik shisha, viniplast va boshqalar.Yog‘och-plastik plastmassalarga kuyidagilar kiradi: qurilish fanerasi, yog‘och qatlamli plastik (DSP); yog‘och - qirindi taxtalar; yog‘och-tolali plitalar (DVP).Qurilish fanerasi qayin va tilog‘ochning payraxasini (shpon) 0,7 MPa gacha bosim ostida yelimlash yo‘li bilan olinadi. Faneraning tashqi qatlami ko‘ylak-sirt qatlam, ichkisi o‘rtalik-mag‘iz qatlami deb ataladi. Fanerani FB bakalizatsiyalangan (fenolformaldegid qatronida yelimlangan), FBS (bakelizatsiyalangan spirtda eritilgan yelimda yelimlangan) va yuqori mustahkam FBSV (ko‘ylagi spirtda eritilgan yelimda, o‘rta qatlamlari suvda eritilgan yelimda yelimlangan) turlari ishlab chiqariladi.Yog‘och qatlamli plastiklar (DSP) zichligi 1,3 t/m3 bo‘lib sintetik (fenolformaldegid, kreozolnoformalьdegid va boshqalar) yelimlar shimdirilgan yog‘och payraxalarining bir necha qatlamlarini 20 MPa bosimda issiqlayin zichlash usulida tayyorlanadi. Yog‘och qatlamli plastiklarning DSP-B markasi mas’uliyatli binokorlik konstruktsiyalarida, DSP-V markasi mas’uliyati cheklangan konstruktsiyalarda, DSP-A va DSP-7 markalari aviasozlik va mashinasozlikda qo‘llaniladi.Yog‘och tolali taxtalar DVP – yog‘och tola massasi kanifol emulsiyasi va fenolformaldegid qatroni bilan shimdirilib, issiqlayin zichlanadi. Bunday taxtalar to‘rt turda: o‘ta qattiq (zichligi 0,95 t/m3) qattiq, o‘rtacha qattiq va izolyatsiyabop (V=0,8 t/m3) qilib ishlab chiqariladi, ularning biologik turg‘unligini oshirish uchun tarkibiga antiseptiklar va gidrofobizatorlar qo‘shiladi. Bunday taxtalar kam namlanadigan binolarning ichki devori, shift va yig‘ma devorlarini qoplashda ishlatiladi.
Download 68.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling