Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash


Download 68.93 Kb.
bet6/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

Chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash. Chegaraviy holat deb, konstruktsiyaning shunday holatiga aytiladiki, bunday holat yuzaga kelgandan so‘ng yuk yoki ta’sirning minimal oshishi ham konstruktsiyani sinishga, buzilishga ustuvorligini yo‘qotishga yoki unda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan deformatsiyalar – salqilik, ko‘chish, burilish, buralish, qiyshayish kabilar hosil bo‘lishga olib keladi; konstruktsiya foydalanishga yaroqsiz holatga keladi, u o‘ziga qo‘yilgan vazifalarni bajara olish qobiliyatini yo‘qotadi. Yog‘och konstruktsiyalari ikki guruh chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblanadi: yuk ko‘tarish qobiliyati, ya’ni mustahkamligi va ustivorligi bo‘yicha;deformatsiyalanishi bo‘yicha.
Birinchi guruh chegaraviy holat - havfli hisoblanadi. Birinchi chegaraviy holatda konstruktsiya buzilishi, sinishi yoki ustivorligini yo‘qotishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotadi. Agarda normal va urinma kuchlanishlarning maksimal qiymatlari, materiallarning minimal hisobiy qarshilik ko‘rsatish qiymatidan ortib ketmasa bu holat ro‘y bermaydi. Bu shart quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanadi yoki bu yerda:  -normal kuchlanish;  - urinma kuchlanish; R – yog‘och materialining hisobiy qarshiligi.Ikkinchi guruh chegaraviy holat nisbatan havfsizroqdir. Bu holatda konstruktsiya normal holatda foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi. Agar maksimal nisbiy egilish ruhsat etilgan chegaraviy qiymatidan ortib ketmasa, bu holat ro‘y bermaydi. Bu shart formula yordamida quyidagicha ifodalanadi: bu yerda: f va f - haqiqiy va ruhsat etilgan egilishlar; - oraliq.Konstruktsiyalarni hisoblash ishlarini bajarishdan asosiy maqsad birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikdir.Yog‘och konstruktsiyalarini birinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashda hisobiy yuklamadan, ikkinchi chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashda esa me’yoriy yuklamadan foydalaniladi. Professor A. S. Streletskiy, ixtiyoriy muhandislik hisobining asosiy tizimini ishlab chiqdi va bunda buzilmaslik sharti bajarilishi kerak. Tizimga asosan chegaraviy yuklama, konstruktsiyani eng kichik yuk ko‘tarish qobiliyatidan kichik bo‘lishi kerak.





Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling