Ishlash sharoiti koeffitsienti tushunchasi, uning qiymatlari. Hisoblashlarda doimiy yuklar uchun ishonchlilik koeffitsienti ning qiymati 1,1 dan 1,3 gacha olinadi. Agar doimiy yukni o‘zgarish chegarasi juda kichik bo‘lsa, 1,1 olinadi va aksincha, o‘zgarish chegarasi katta bo‘lsa 1,3 olinadi. Masalan, butun elementlar uchun 1,1 olish eng maqbul variant hisoblanadi; sochiluvchan tuproq yoki tsement kabi materiallardan tushadigan doimiy yuklarni o‘zgarish diapazoni katta bo‘lgani uchun 1,2 yoki 1,3 olish maqsadga muvofiqdir.Vaqtinchalik qor yuklarining o‘zgarish chegarasi katta bo‘lgani uchun ning qiymatini 1,4 dan 1,6 gacha olinadi:qm/sm 0,8 bo‘lsa, 1,6; vaagar qm /sm>0,8 bo‘lsa, 1,4 olinadi.Doimiy yuk tekis teng tarqalgan yoki yig‘ilgan holda ta’sir qiladi.Vaqtinchalik qor yuki tom sirti bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki uchburchakli sxemalar shaklida ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari qor yuki tom yuzasining shakliga qarab ham o‘zgarishi mumkin. «Yuklar va ta’sirlar» QMQ ilovalarida turli tom sxemalari uchun qor yukining hisobiy sxemalari berilgan va bino tomining ko‘rinishiga qarab tegishli variantlardan birini tanlanadi. Shamol ta’siri bino yoki inshoot balandligiga, quriladigan xududga bog‘liqdir. Yerdan Z balandlikdagi shamolning o‘rtacha me’yoriy qiymati quyidagi formula yordamida hisoblanadi:Wm W0 k c bu yerda : W0 - shamol bosimining QMQdagi me’yoriy qiymati; k – shamol yukining balandlik bo‘yicha o‘zgarishni hisobga oladigan koeefitsient; s- aerodinamik koeffitsient (bino yoki inshootning shakliga qarab o‘zgaradigan koeffitsient, QMQ dan olinadi).Hisobiy shamol yuki quyidagiga teng bo‘ladi:Wxis Wm * 1,4 Wm Bu yerda: Wxis – hisobiy shamol bosimi; 1,4 –vaqtinchalik shamol yuki uchun ishonchlilik koeffitsienti.Ikkinchi chegaraviy holat bo‘yicha hisoblashlarda, yog‘ochning elastiklik moduli, tolalari bo‘ylab Ye10000 MPa, tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha esa Ye90400 MPa ga tengdir. Siljish moduli, yog‘och tolalari bo‘ylab va tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishlar bo‘yicha 500 MPa ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |