Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parda qatlamining himoya qilish xususiyatlari
- Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari
Gruntovkalar deb, pardozlashda parda qatlamining ostki qatlamini hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Ulami surtishjarayoni gruntovkalash (ya’ni xomaki bo‘yoq surtish) deyiladi. Gruntovkalar yog‘och qatlamiga shimilib, uni qattiq va zich qiladi, shuningdek, mayda g‘ovaklami to‘ldirib, asosga hamda navbat- dagi lok qatlamlariga yaxshi yopishadi.
Shpaklovka deb, yog‘och yuzasida himoya qatlami hosil qilish uchun tekislashga mo‘ljallangan lok-bo‘yoq materiallarga ayti- ladi. Ular mineral to‘ldirgichlar hamda pigmentlaming plastifikatorlar qo‘shilgan parda hosil qiluvchilar bilan uchuvchan erituv- chilardagi aralashmasidir. 2-3-rasmlarda lok, emal, bo‘yoq, grun- tovka va shpaklovkalaming tarkibi sxematik ravishda ko‘rsatilgan. 2-rasm. Loklaming tarkibi. 3-rasm. Emal, bo‘yoq, gruntovka va shpaklovkalaming tarkibi. Shunday qilib, parda hosil qiluvchi moddalar hamma lok-bo‘- yoq materiallaming asosiy tarkibiy qismidir. Bulardan tashqari, pardozlash materiallari tarkibiga erituvchi yoki suyultiruvchilar, bo‘yoq moddalari, to‘ldirgichlar va ayrim hollarda parda hosil qiluvchi moddalar qotishini tezlatadigan birikmalar kiradi. Bular haqida keyinroq to‘xtalib o‘tiladi. Parda qatlamining himoya qilish xususiyatlari Yog‘och biologik jihatdan turg‘un emas, u gigroskopik material. Himoya qilinmagan yog‘ochning yuza qismlari tez kir bo‘ladi va mexanik ta’sirlardan shikastlanadi. Yorugdik va havo ta’siridan himoya qilinmagan yog‘och yuzalari vaqt o‘tishi bilan qorayib, rangi o‘zgaradi. Parda qatlamning asosiy vazifasi yog‘och yuzasini kir bo‘lish- dan hamda yorug‘lik, namlik va havo ta’siridan himoya qilishdir. Qattiq parda qatlamlari yog‘och yuzasini ma’lum darajada mexanik shikastlanishdan saqlaydi. Parda qatlamning himoya qilish xususiyatlari birday emas, u bir necha omillarga, masalan, parda hosil qiluvchi moddaning tabiati va xossalariga, qatlam qalinligiga hamda uning tarkibidagi pigmentlarga bog‘liq bo‘ladi. Epoksid, perxlorvinil va poliuretan loklari hosil qiladigan himoya qatlamlarida qatlamlaming suv bug‘larini o‘tkazish xususiyati juda kam bo‘lib (10 sutka da- vomida 5—20 mg/m2), alkid va nitroselluloza loklariniki esa yuqo- riroqdir (30—70 mg/m2). 4-rasm. Isitilmaydiganjoyda saqlangan qarag‘ay daraxti bruslarida namlikning o‘zgarish egri chizig‘i: 7—pardoz qilinmagan; 2—ruxli oq bo‘yoq (belila) bilan pardoz qilingan. Odatda, tarkibida pigment bo‘lgan parda qatlamlarining qat- tiqligi, bug‘ va nam o‘tkazmasligi tarkibida pigmentlar bodmagan parda hosil qiluvchi moddalardan yuqori turadi. Shuning uchun ochiq havoda ishlatiladigan bu- yumlar pigmentli lok-bo‘yoq materiallar bilan pardozlanadi. Par- doz qatlam yog‘ochga namning singishini ma’lum darajada ush- lab qoladi. 4-rasmda qarag‘ay yog‘ochidan ishlangan ikkita brus, biri bo‘yalmagan (1), ikkinchisi esa ruxli oq bo‘yoq bilan bo‘yal- gan (2), uch yil davomida isitilmaydigan bino ichida saqlanganda ular tarkibidagi namlikning o‘zgarishi egri chiziqlar bilan aks ettirilgan. Rasmdan parda qatlam brusni atrof-muhit ta’siridan qay darajada saqlaganligi ko‘rinib turibdi. O‘zidan namni va bug‘ni umuman o‘tkazmaydigan lok-bo‘yoq parda qatlamlari yo‘q. Barcha organik himoya qatlamlari o‘zidan ma’lum darajada namlik o‘tkazadi. Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari Yog‘och va undan ishlangan buyumlarning badiiy shakli aksariyat hollarda yog‘ochning dekorativligiga qarab belgilanadi. Ularga yog‘ochning rangi, yaltiroqligi hamda teksturasi kiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling