Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet5/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

1-rasm. Himoya-dekorativ qoplamalarning tuzilish chizmasi:
a—shaffof bo‘lmagan lok-bo‘yoqli; b, d—shaffof bo‘lmagan plyonkali;
e—shaffof bo‘lmagan kombinatsiyali;/—shaffof lok-bo‘yoq qoplama;

g—yog‘och yuzasiga rasm bosib, keyin loklangan; A—yog‘ochga plyonka
yopishtirib, keyin loklangan: 7—grunt qatlami; 2—bo‘yoq qatlami;

3—sidirg‘a shpaklovka qatlami; 4—mahalliy shpaklovka; 5—yog‘och yoki
yog‘och
material; ó—shaffof bo‘lmagan plyonka; 7—yelim qatlami;
á’—lok parda qatlami; P—shaffof grünt qatlami; 70—g‘ovak toddirgich;
77—yog‘ochning rang berilgan (bo‘yalgan) qatlami; 72—tasvir tushirilgan
qatlam; 73—fon beruvchi bo‘yoq qatlami (grünt); 74—sintetik
shpon qatlami.

chizmasi 1-rasm, b (yuza shpaklovkalangan) va 1-rasm, d (yuza shpaklovkalanmagan)da ko‘rsatilgan. Shaffof bo‘lmagan aralash qatlam 1-rasm, e da aks ettirilgan.
Chiroyli teksturali daraxt turlaridan ishlangan buyumlar shaf­fof parda qatlamlar hosil qilib pardozlanadi. Bunday qatlamlar yuzaga bir yoki bir necha marta lok surtib hosil qilinadi. Lekin bunda pardoz berilgan buyum narxi qimmatlashib ketadi. Amalda esa, lok sarfini kamaytirish, pardozlash ishlarini arzonlashtirish uchun bo‘yaladigan yuzalar oldindan gruntlanadi. Bunda grünt yog‘och rangi va teksturasini berkitmasligi kerak. Grünt o‘mida arzón loklardan foydalaniladi, ular yog‘och yuzasiga, odatda, bir marta surtiladi. Shaffof lok-bo‘yoq parda qatlamining tuzilish sxemasi 1-rasm,/ da ko‘rsatilgan.
Agar yog‘ochning tabiiy rangini o‘zgartirish lozim bo‘lsa, uning yuzasi gruntlashdan oldin yog‘och teksturasini berkitmay, faqat rangini o‘zgartiradigan maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi.
1-rasm, g da yog‘och yuzasiga tasvir tushirilib, keyin loklan- gan, 1-rasm, h da esa yog‘ochga plyonka (sintetik shpon) yopishtirib, so‘ng loklangan himoya qatlamining tuzilish chizmasi ko‘rsatilgan.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan strukturalami hosil qilishda har xil pardoz materiallari: lok va bo‘yoqlar, gruntovkalar, shpaklovka- lar, yelim va sintetik plyonkalardan foydalaniladi. Ular, o‘z nav- batida, dastlabki parda hosil qiluvchi moddalaming ko‘p yoki oz miqdordagi murakkab kompozitsiyasidir. Bular ichida parda hosil qiluvchi moddalar asosiy o‘rinni egallaydi.
Parda hosil qiluvchi moddalar deb, yuzalarga yupqa suyuq qatlam tarzida surtilganda ma’lum sharoitda yog‘och materiallarga yaxshi yopishib, yupqa va mustahkam parda hosil qiladigan mod- dalarga aytiladi. Sintetik va tabiiy smolalar, selluloza efirlari va qotadigan o‘simlik moylari shunday moddalar jumlasiga kiradi. Agar parda hosil qiluvchi moddalar mo‘rt qatlam hosil qilsa, ular- ning tarkibiga elastiklikni oshiradigan maxsus moddalar — plasti­fikatorlar qo‘shiladi. Ular yuqori haroratda qaynaydigan, amalda qurimaydigan organik suyuq moddalardir. Ko‘pincha yog‘ochni pardozlash uchun shaffof yoki biroz bo‘yalgan loklar ishlatiladi.
Bo'yoqlur loklardan farqli o‘laroq, parda hosil qiluvchi mod­dalaming organik erituvchilardagi eritmasi — suspenziyasi bo‘lib, tarkibidagi pigmentlar yoki pigmentlar bilan toddirgichlar- ning aralashmasi bo‘ladi. Yuzaga surtilgan bo‘yoqlar quriganida shaífof bo‘lmagan parda qatlami hosil qiladi. Parda hosil qiluvchi moddalaming turiga qarab bo‘yoqlar moyli, emulsion va boshqa xil bo‘yoqlarga bo‘linadi. Pmallar pigmentlar bilan (plastifikator va sikkativlar qo‘shilgan) loklaming aralashmasidir, ya’ni emal- lar pigment qo‘shilgan loklardir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling