“YO‘l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish”


 Chorrahada harakatlanish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1157951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 Mavzu. Harakatlanish tezligi va quvib o tish..pdf filename=utf-8 3 М

 
5. Chorrahada harakatlanish 
96. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning 
qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni 
kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak. 
97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi 
transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha 
yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. 
98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali 
aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. 
Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki 
tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. 
Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o‘tish qoidalariga hamda 
chorrahada o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari 
aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-
apreldagi 292-sonli 
qaroriga 
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) 
 



6. Tartibga solingan chorrahalar 
99. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib 
olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan 
to‘g‘riga harakatlanayotgan va o‘ngga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi 
shart. Tramvay haydovchilari ham o‘zaro ushbu qoidalarga amal qilishlari kerak. 
100. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan 
qo‘shimcha tarmoqning yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan 
transport vositasining haydovchisi boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport 
vositalariga yo‘l berishi kerak. 
101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz 
transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish 
yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. 
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha 
tarmog‘ining yo‘naltirgichli yashil ishorasi yo‘nalishida harakatlanayotgan tramvay 
boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 
102. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, 
undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo‘nalishda 
harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan 
yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chiziqlari (yoki 
5.33 
yo‘l belgisi) bo‘lsa, 
u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart. 
103. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali 
harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli 
yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling