“YO‘l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish”


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1157951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 Mavzu. Harakatlanish tezligi va quvib o tish..pdf filename=utf-8 3 М

 
Kalit so‘zlar: Yo‘l harakati qoidalari, yo‘l, yo‘l harakati, yo‘l harakatini 
tashkil etish, yo‘l harakati xavfsizligi, svetofor, tartibga soluvchi, avariya, avariya 
ishoralari, harakatlanishni boshlash, qatnov qismi, transport vositalarining joylashuvi. 
1. Aholi punktlarida harakatlanish tezligi 
77. Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning 
xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish 
yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini 
belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak. 
Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport 
vositasining harakatini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak. 
Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga 
kelsa, u transport vositasining tezligini u to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada 
kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan 
holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak. 
78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, 
turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) 
esa soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va 
viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va 
kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yo‘llarning ayrim 
qismlari yoki harakatlanish bo‘laklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish 
tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatib) vakolatlidir. 
(78-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) 
 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling