“YO‘l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish”


 To‘xtash va to‘xtab turish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1157951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 Mavzu. Harakatlanish tezligi va quvib o tish..pdf filename=utf-8 3 М

4. To‘xtash va to‘xtab turish 
88. Transport vositalariga yo‘lning o‘ng tomoni yoqasida, u bo‘lmaganda esa 
qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 
89-bandida 
ko‘rsatilgan hollarda 
trotuarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Aholi punktlaridagi ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi 
bo‘lmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda to‘xtash va to‘xtab 
turishga ruxsat etiladi. 
(88-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)
Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ko‘p bo‘lgan yuk avtomobillari bir 
tomonlama harakatli yo‘llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun 
to‘xtashlari mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
89. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov 
qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport 
vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi. 
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son) 



Qatnov qismining ayrim kengaytirilgan joylarida boshqa yo‘l harakati 
qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha 
tartibda qo‘yishga ham ruxsat etiladi. 
Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, 
mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to‘xtab turishga 
5.15 
yo‘l belgisi bilan birga 
7.6.2

7.6.3

7.6.6 — 7.6.9
qo‘shimcha axborot belgilaridan biri o‘rnatilgan joylarda 
ruxsat etiladi. 
90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa 
maqsadlarda uzoq vaqt to‘xtab turishga faqat buning uchun ko‘zda tutilgan 
maydonchalarda yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi. 
91. Quyidagi joy va holatlarda to‘xtash taqiqlanadi: 
tramvay yo‘llarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar 
harakatlanishiga xalaqit beradigan bo‘lsa; 
tunnellarda, temir yo‘l kesishmalarida; 
bir yo‘nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo‘lagi bo‘lgan ko‘prik, 
yo‘l o‘tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo‘l belgilari bilan to‘xtab 
turish ruxsat berilgan yo‘l qismlari bundan mustasno); 
to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq (qatnov qismining chetini 
belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi bo‘lak yoki qatnov qismining qarama-
qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo‘lgan joylarda; 
piyodalar o‘tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda; 
qatnov qismining xavfli burilishlarida; 
loaqal bir yo‘nalishdagi ko‘rinish masofasi 100 metrdan kam bo‘lgan yo‘l 
do‘ngliklari yaqinida; 
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 
metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) 
yondan tutashgan yo‘lning sidirg‘a chiziq yoki ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan 
qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); 
bekat maydonchalarida, yo‘nalishli transport vositalari to‘xtash joylarida, 
jumladan, 
1.17 
chizig‘i bilan belgilangan, ular bo‘lmaganda esa yo‘nalishli transport 
vositalari to‘xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab 
(etmasdan va o‘tib ketib) 15 metrdan kam masofada. (yo‘nalishli transport vositalari 
harakatiga xalaqit bermasa yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to‘xtash 
bundan mustasno); 
transport vositasi svetofor ishoralari, yo‘l belgilarini boshqa haydovchilardan 
to‘sib qo‘yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va 
chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan 
joylarda; 
3.27 
yo‘l belgisi yoki 
1.4
 yo‘l chizig‘i ta’siri doirasida. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5.15
va 
7.17
yo‘l belgilari yoki 
1.24
yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri 
doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari 
bundan mustasno. 



(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-
maydagi 321-sonli 
qaroriga 
asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son) 
92.To‘xtab turish taqiqlanadi: 
to‘xtash taqiqlangan joylarda; 
aholi yashash joylaridan tashqarida 
2.1
yo‘l belgisi bilan belgilangan 
yo‘llarning qatnov qismida; 
temir yo‘l kesishmalariga 50 metrdan kam masofada; 
3.27 — 3.30 
yo‘l belgilari yoki
 1.4

1.10 
yo‘l chiziqlari ta’siri doirasida. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5.15
va 
7.17
yo‘l belgilari yoki 
1.24
yo‘l chizig‘ining birgalikdagi ta’siri 
doirasida, nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari 
bundan mustasno. 
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-
maydagi 321-sonli 
qaroriga 
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son) 
93.To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtagan haydovchi transport 
vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko‘rishi kerak. 
94. Agar boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan 
bo‘lsa yoki xavf tug‘dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. 
95. Transport vositasining o‘z-o‘zidan harakatlanib ketishini yoki o‘zi 
yo‘qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko‘rgandan 
keyingina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi 
mumkin. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling