“YO‘l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish”


 Tartibga solinmagan chorrahalar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1157951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 Mavzu. Harakatlanish tezligi va quvib o tish..pdf filename=utf-8 3 М

7. Tartibga solinmagan chorrahalar 
104. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada, ikkinchi 
darajali yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan 
yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo‘nalishidan qat’i 
nazar, yo‘l berishi kerak. 
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo‘nalishidan qat’i nazar, teng 
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lda bir yo‘nalishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishda 
harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. 
105. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz 
transport vositasining haydovchisi o‘ngdan kelayotgan transport vositalariga yo‘l 
berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. 
Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo‘nalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz 
transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. 
106. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda asosiy yo‘lda 
harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish 
qoidasiga amal qilishlari kerak. 
Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu 
qoidaga amal qilishlari kerak. 
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining 
haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki 
o‘ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o‘tayotgan 



transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham 
o‘zaro amal qilishlari kerak. 
108. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-
yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor va h.k.) va imtiyoz belgilari 
bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling