Yo’l qurilishi texnologiyalarini rivojlantirish Yo‘l poyi tuzilmasi Yo‘l poyini qurish bo‘yicha ish texnologiyasi
Download 36.13 Kb.
|
yo`l poyi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiya
- Muhandislar
- Yo‘l poyi
Mavzu: Yo`l poyini qurish texnologiyalarini takomillashtirish Reja: Yo’l qurilishi texnologiyalarini rivojlantirish Yo‘l poyi tuzilmasi Yo‘l poyini qurish bo‘yicha ish texnologiyasi Yo‘l poyini va suv qochirish tizimini mukammal ta’mirlash Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O’zbekiston xalqining boyligi va mamlakatimizning “qon tomirlari” bo’lgan va hozirgi kunda 42654 kilometr uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari, jumladan, 3979 km xalqaro, 14069 km davlat, 24606 km mahalliy ahamiyat dagi avtomobil yo’llari texnik soz holatda asraldi, saqdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi. Har qanday ob-havo sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta’minlanib kelinmoqda. Avtomobil yo’llarini, avvalo, xalqaro va davlat ahamiyatiga еga yo’llarning transport - еkspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga ko’tarish, yuklar va yo’lovchilarni tashishning barcha yo’nalishlari bo’yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish hamda avariyalarni kamaytirish ko’rilgan. Zamonaviy texnologiya tarkibiga mahsulot sifati va texnologik jarayonlar borishining texnik nazorati kiradi. Texnologiya - qurilish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, unga energetik, suv va issiqlik ta’minoti, transport (texnologik transportdan tashqari), yordamchi va boshqa ishlar ham kiradi. Ishlarni bajarishning barcha texnologik usullari ichidan muhandis mahalliy va keltirilgan materiallar, texnika vositalari mavjudligiga qarab hamda ishchilarning tajriba va malakasidan kelib chiqqan holda eng maqbulini tanlashi lozim. Muhandislar - avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi, yo’l qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini oshirish singari ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi Oqim usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan orqada qolishga olib kelishi mumkin. Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan kata botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar. Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Ko‘tarma qurish uchun ishlatiladigan gruntlar to‘rtta asosiy guruhgabo‘linadi: tabiiy-butun yoki yoriqli massivini maydalash yo‘li bilan olinadigan qoyaning tog‘ jinslari; tabiiy sharoitda allyuvial va delyuvial yotqiziq shaklida yotuvchi yirik donali; qumli; gilli. Ular o‘z navbatida har bir guruh turi va alohida tavsifi bo‘yicha tasniflanadi. Download 36.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling