Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. O`zbekiston Respublikasining soliqlari va soliqsiz to`lovlari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
2-§. O`zbekiston Respublikasining soliqlari va soliqsiz to`lovlari Mustaqil O`zbekiston ochiq, erkin iqtisodiyotga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo`lidan bosqichma-bosqich olq'a bormoqda. Respublikamizda jamiyatni yangilashda va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda tanlangan bu yo`li jahon tajribasiga asoslangan, xalqimizning turmush sharoitlari, an'analarini, urf-odatlarini, turmush tarzini har tomonlama hisobga olgan. Bozor munosabatlariga o`tish murakkab jarayon, u bosqichma-bos-qich amalga oshiriladi. Har bir bosqichni amalga oshirish uchun ma'lum vaqt kerak bo`lib, har tomonlama murakkab bo`lgan bir qancha ishlarni bajarish zarur bo`ladi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida eng, awalo, bozor munosabatlarining huquqiy poydevori yaratildi. Bu davrda 300 taga yaqin iqtisodiy xarakterdagi qonunlar qabul qilindi, turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, ya'ni davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 5 korxonalar, kichik va mas'uliyati cheklangan korxonalar, ijara korxonalari, fermer va dehqon xo`jaliklari, jamoa xo'jaliklari, xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyat ko`rsatadigan shaxslar vujudga keldi. Bozor iqtisodiyoti rivqjlangan davlatlarda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar faoliyatini uchta asosiy mexanizm orqali tartibga solinadi. 1. Xo`jalik qonunchiligi. 2. Soliq mexanizmi. 3. Bank mexanizmi, narx, kredit va boshqalar. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliq mexanizmi alohida o`rin tutadi. O`zbekistonda bozor islohotlari boshlanishi bilan oldingi soliq tizimi ta'sirchanligi va samarasi susaydi, chunki u rejali boshqarish tizimiga asoslangan mexanizm edi. Endi bozor iqtisodiyotiga xos soliq mexanizmi joriy etilishi zarur bo`lib qoldi. Buning uchun dastlab soliq qonunlari qabul qilingan bo`lsa so`ngra o`zbckiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va u 1-yanvar 1998-yildan boshlab amalga kiritildi. O`zbekiston Rcspublikasining Soliq kodeksiga muvofiq korxona, tashkilot, firmalar va aholi soliqlar va yig`imlar to`laydilar. Soliqli to`lovlarning hamma turlari faqat budjetga tushadi. Soliqli to'lovlar mohiyatini ochishga keyinroq to`xtalamiz. Yig`imlar ham asosan budjetga tushadi. Soliqsiz to`lovlar esa byudjetga, yoki maxsus fondlaiga tushadi. Mavjud soliqli va soliqsiz to`lovlarning farqi faqat budjetga tushishdagina emas, boshqa farqlari ham mavjud. Budjet daromadlarini asosan soliqlar, yig`imlar va soliqsiz daromadlar tashkil etadi. Umumdavlat soliqlariga: qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, yuridik shaxslar daromadlarini (foyda)sidan olinadigan soliq jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq, suv resurslaridan olinadigan soliq, yer ostidan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi. Byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar. Bular ham soliqsiz to`lovlardir. Bunday fondlarga mehnat bandlik fondi, pensiya fondi va asosiy yo'l qurilishi fondi kiradi Korxona, biriashma, tashkilot va firmalar o`zlarining ish haqi fondlariga nisbatan 24 % ajratib, pensiya fondiga, 0,3 % mehnat bandlik fondiga va 0,2 %ini ijtimoiy sug`urta fondiga o`tkazib beradilar. Davlat budjeti daromadining qariyb 90 %ni soliqlar tashkil etar ekan, ularning mohiyatini ochish, tizimini guruhlab o`iganish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Respublikamizning mustaqillik davridagi soliq amaliyoti chet mamlakatlar soliqlarini o`rganish, ularni respublikamizda qoilash, qo`llanayotgan ba'zi bir soliqlarga tuzatish va o`zgartirishlar kiritish bilan takomillashib bormoqda. Shunday qilib, O`zbekiston o`zining soliq tizimiga va soliqsiz to`lovlariga ega, ular rcspublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishga xizmat qilmoqda. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling