Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet19/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

O‘qish darslarining maqsad va vazifalari, ta'limiy-tarbiyaviy
ahamiyati

Bosh1ang‘ich sinflarııing o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta'lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari tııradi. Shu- ning uchun ham boshqa predmet lar ta'1imini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘1maydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmıınini o‘zlash- tirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘qtıvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tortilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘1 ochiladi. Aynan o‘qish ta'1imida insonning, avvalo, o‘z1igini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan inti- lishlariga ttırtki beriladi.
Shu maqsadda „O‘qish kitobi“ darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va btıgungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayot i, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinclılik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy- ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish darslari savod o‘rgrttish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida tlytıshtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matn- lar yuzasidan olib boriladi.
BosNang‘ich sinf „O‘qish kitobi“ darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘qtıvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllanti- rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafktıra asosida yuksak axloqiy qadriyatlar nıhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlar- ning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq
og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbet, asosiy bayram sanalari, milliy is- tiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillîkni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni tıyg‘otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzu-
lar o‘qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2-sinf
„O‘qish kitobi“dagi Ona yurtiın-oltiıı beslıigiın bo‘limiga kiritilgan
O'zbekistonim “ (H. I monberdiyev), „Istiqlol“ (J. Jabborov). „ O'lka “ (E. Vohidov), Yım tog’larga “ (U. Nosir), 3-sinfda Ona bitta, Vatan yagotıa bo‘limidagi Vatatı haqiJa she ”ı“ (A. Avloniy), O'zbegim “ (E.Vohidov), Vatoıı mo ’tabarJir” (X. Davron), „Bilib go 'yki, seni Vatan kutaJi “ (T. Malik), 4-sinfdi1 yy O'zbekiston Votanim maııiın “ bo‘limidagi „Serquyoslı o ’lka “ (Z. Diyor), „ Iqboli buyııksaıı “ (A. Ori- pov), ros/ıkeıırflonîa“ (M. Slıayxzoda), „Xariıa “ (N. Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlîlga tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzıılar ¥"atanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayot i, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida muayyan tasav- vur beradi. Benıniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi mat nlar shular jumlasidandir. Btı xildagi atarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'u1iyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bi- lan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘qtıvchilar o‘tmish bilan bugtıngi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'1adilar, jamiyat taraqqiyoti xusıısida qisqacha bo‘lsa-da, tushıın cha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog‘liq H. Imonberdiyevning
O'zbekistoııiıtı “, J. Jabborovning Istiqlol“ (2-sinf), A. Rustamovning
Bo yroq ııiınu ?“, A. Obidjonning „ O'kt un avloJ“ (3-sinf), S. Bar- noyevning Mangulikka tatigıılik kun “, E. Malikovning „Assaloın, Neksi ya!“ (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzıılar yordamida o‘qtıvchi1ar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil fasllarining almashinılvi, hayvonot olamiga doir bi-
limlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o‘quvchilarni ku- zatııvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan tıchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, „O‘qish kitobi“ darsliklaridagi barcha mavzular o‘qtıvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nııtqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq miıdaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi „O‘qislı kitobi“ darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavztı jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, I -sinfda o‘rgatiladigan
Ajdorllaı-iıniz fa.xriıniz “, Hm aql clıirog’i “, „Zıuıtrnd balıor",
Kııınııslı qish “ kabi mavzıılar 2—4-sinflarda hani davom ettirilgan. Bu esa o‘qtıvchi1arning oldingi bilimlarini to‘1diradi va boyitadi.
U zltıksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, bosh- lang‘iclı sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malaka- larini shakllantirish, asar matni ııstida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavztıdagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estei ik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi.
Darsliklardagi mar bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchi1arning bilim dara- jasi va yosh xııstısiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
O‘qııvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘1ishini tushunib yetishish- lariga erishish o‘qittıvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang‘ich ta'1im bo‘yicha DTS va „Ona tili“ o‘quv dasturida o‘qish ta'1imi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rin1i foydala- nishga ko‘p jihatdan bog‘1iqdir.
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini shakllantirish.

  2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza ytırituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish.

  3. O‘qtıvchilarning atrof-mııhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga mu- habbet nıhida tarbiyalash.

  5. O‘quvchilarning bog‘1anishli nutqini va adabiy-estetik tafak- kurini o‘stirish.

  6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish.

  7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.

Shuni unut maslik kerakli, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling