Yo‘ldosheva
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik
- O‘qituvchi hikoyasi.
Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning islt mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san'at asari sifatida baholash (qanday ma'lumotlarga ega bo‘ldik, asar nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va ta'sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir.
Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘1iq holda ijodiy xarakterdagi isNar o‘tkaziladi. Asar maqsadga mııvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir. Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik Asarni o‘qishga kirishishdan oldin o‘quvchilarni badi iy asarni o‘qishga tayyorlash lozim bo‘ladi. Chunki o‘quvcMar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’hım tasavvurga ega bo‘lishlari zanır. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matn- lar turadi. O‘qııvchilarni matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boslılanadi. Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma'1umot berish, o‘qtıvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea- hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko‘p ma’noli so‘zlar, mtırakkabroq b9 tarzdagi obrazli ifodalami izohlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi. Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradi: Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o ’ylaysiz? Hikoya qnhramonlaridan qaysi birining xani-harakatini ma qul- laysiz? Qaysi birining fe ’1-atvori, o ’dini tutishi sira yoqmadi? Hayotrla shunday kishilami uchratganmisiz•? Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: O‘qııvchi!arning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta'sir etadigan yangi ma'1umotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o‘quvchilarning o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg‘otish. Masal an, 4-sinfda Zafar Diyorhing hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma'lumot1ar berish mumkin: Zafar Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi dehqon bo‘lgan. Ular kambag‘allikda kun ke- chirishgan. Zafar Diyor to‘rt yoshga to‘lganda uning oilasi Toshkentga ko‘chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o‘zi esa eski maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar uyida tarbiyala- nadi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 2 I yoshida bosilib chiqadi. O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlarning lug‘aviy ma’nolarini tushuntirish. fasalan, 4-sinf„O‘qish kitobi“dagi „Xarita“ matni ustida ishlaganda so‘z va iboralar lug‘ati quyidagicha bo‘lishi mumkin: Og'zing ochilib gelsin - hayron bo ’lib qolgin Qolipdan chiqqan g'ishtdek - hamma tomoni birdek tekis Loqayd — befarq Kashfiyot — iZlanislllar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro Ayilday botdi — qaniq tegdi, ranjitdi Pisanda qilmoq — oldindan bimr shart qo )moq; ta ’kidlamoq. Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo'lib, o‘qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tay- yorgarlik davrida nimalar haqida ma’lumot berish maqsad qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi. Masal an, „Kitobga ixlos“ asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi: O‘qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlami yechishimiz zanır. Buning uchun har bir gunıh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlarni bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi zarur. guruh uchun savol-topshiriqlar• Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozııvchilar, sar- kardalardan kimlarni bilasiz? Buxoroda qaysi btıyuk shaxslar yashagan? Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting. guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikkala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, „Kim oldin shohsupaga etib boradi?“ sharti qo‘yiladi. Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yi1adi. Tayyorgarlik shakllaridan biri — ekskursiyadir. Bm ish turidan tabiat tasviriga bag‘ishlangan yoki ishlab chiqarish. qııril ish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy atarlar o‘rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda „Metropoliten“ kabi mavzıılarni o‘rganishdan oldin ekskıırsiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o‘zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chtlqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘ nikmalarini shakllantiradi. Ekskıırsiya bolalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, tini sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi. Ishlab chiqarish korxonalariga, mıızey va boshqa joylarga ekskur- siyalar esa tarixiy voqealarni to‘g‘ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o‘quvchida mehnatga muhabbat uyg‘otadi, kasbga yo‘naltiradi. Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar mtıallifı hayoti- ni o‘rganishdan oldin film namoyish qilinsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda „Gulzorda“ hikoyasini o‘qishda „Mehrobdan chayon“ fılmidan parcha ko‘rsatilishi, 3—4- sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarııi o‘rganishda „U1ııg‘bek xazinasi“, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda „Alisher Navoiy“ filmi namoyish etilishi mumkin. Kinofilm va diafilmlardan o‘qtıvchilarni asarni o‘qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o‘qııvchilarning tasavvur qilisNariga, tı- shunchalarini oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi. O‘quvchilaming film namoyishida tug‘ilgan ayrim savollariga ularning o‘zlari yangi o‘qiydigan asarlardan javob topadi- lar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o‘quvchilaming o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshiradi. O‘qituvchi hikoyasi. Bu metod asar mııallifı haqida ma'lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallif shoir va yozuvchilar haqida so‘zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yoz- gan asarlari namoyish etilsa, o‘quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Bosh1ang‘ich sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgaıı fikrlarni magnit tasmasidan eshittırilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib, unga o‘qituvchi hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach, A. Oripovning o'zi aytgan „O‘zbekiston“ she’ri qo‘yib eshittirilishi mumkin. O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma'lumotlami o‘quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonl i qilib hikoya qilsa, o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o‘qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma'lumot l -sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi. Asarni o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilarning mustaqil izla- nishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, „Kitobga ixlos“ (4-sinf) asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xa- yolan sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilami Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini ıızatadilar, u haqdagi yozuvlami o‘qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi). Abu Ali ibn Sino — ma'rifatparvar alloma Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug‘u1lanmas edim. (Ibn Sino) Bir kuni shohdan I ıtııbxonasiga kirishga va u yerda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so‘radim. Shoh menga nıxsat berdi. (Ibn Sino) O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitob- lar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma'lumotlar to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma'lumotlarni o‘qib, so‘zlab berishidir. Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallif bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa ma'lumot be- rishdan yozuvchi hayoti bilan to'liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ıılar yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va tıning asarlaridan nimalarni o‘qigan1igini hisobga oladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling