Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet29/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bm mashq bolalarni diqqat-e'tibor bilan o‘qishga o‘rgatadi; bu ish turidan oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini bclgilashga ham yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o‘qtıvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini o‘zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g‘oyasini bilib oladilar, voqea- hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘laHıshlarini tılshıınadilar. Bunda

„Nega?“, „Nima uchun?“ kabi savollardan foydalaniladi. Masalan,

  1. sinf „O‘qish kitobi“dagi „Davlat“ ertagi matni ustida ishlaganda

Enakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jarm qilibdi. Nima uchun?“ savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniq- lashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib berishga o‘rganadilar.

  1. O‘qilgan asar mazmunini to‘liq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig‘ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • o‘qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. („Omonatga xiyonat“, 4-sinf)

  • o‘qing va nima uchun hunarsiz kishi o‘limga yaqinligini tu- shuntirib bering. („Hunarsiz kishi o‘limga yaqin“, 4-sinf) va hokazo.

Ba'zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:

  1. mat nning ayrim o‘rinlaridan foydalanib (ko‘chirma olib) qayta hikoyalash;

  2. hikoyani bir sujet chizig‘i asosida qayta hikoyalash;

  1. matnni qisqartib qayta hikoyalash;

  2. matnning shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va boshq.

  1. O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.

Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:

  1. o‘qilgan matnga oid rasm chizish;

  2. rasmga matndagi so‘zlar yoki o‘z so‘zi bilan sarlavha qo‘yish;

  3. o‘qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish;

  4. matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha qo‘yish va hokazo.

Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o‘quvchi- laming tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to‘g‘ri tashkil qilish uchun material tanlashda o‘qituvchiga yordam beradi.
BADIN ASARLARNI 3ANIMX XUSUSIYATLARIGA KO‘RA O‘RGANISH


Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qiti1adi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta'siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topish- moqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.


Ertakni o‘qish metodikasi
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o‘tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Er- taklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi.
Ertakning o‘tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, ktıchli, topqir, dovyıı rak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik ki- chining — yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayıa-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qat nashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘1gan yovuz, baxil, ochko‘z kishilar timsoli bo‘ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilik- dan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka ııchraganidan qııvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar. Masalan, „Halol- lik“ ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari sıırilgan bo‘lsa, „ H iylagarning jazosi“ ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib keli- shi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari sıırilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘a1abasi bilan yaktınlanadi. Bunday g‘a1aba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qahramonlaming xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni taNil qilish jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)“,
„Nima uchun?“, „. . nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)“,
Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o‘giradi?)“ kabi savol- larga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xtılosaga keladilar.
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qiti1adi. „Bo‘rining tabib bo‘1gani haqida ertak“ (Anvar Obidjon),
„Ko‘zacha bilan tulki“ kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savotlarga javob be- rish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tıtzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalani- ladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma'lurnki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga meh- monga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasavvur etishga yo‘naltiriladi. Bunda tanlab o‘qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta. Masalan, „Odobli bo‘lish osonmi?“ (A. Obidjon) ertagining mazmunini o‘zlaslıtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o‘qing. Sichqon- chaning „Odobli bo‘lish uchun nimalar qilish kerak?“ degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so‘zlab bering.

  2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o‘rinni topib o‘qing. Nima ıtchun „Shum Baroq“ ko‘zidagi yovıızlik birdaniga so‘nadi?

  3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo‘lma“ deb duo qiladi? Shu o‘rinni topib o‘qing.

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o‘qing“, „Nima uchun aynan shu joyi yoqqa-
nini ayting“, „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o‘xshash voqealar bo‘lganmi?“ kabi savol-topshiriqlar yordamida o‘quvchilarning ertak xulosasini ttıshunishlariga erishiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, Davlat“, „Hm afzal“, „Hiykıgartıing jazosf “, „Htıwarsf z kislıf o ’limga yaqin “ kabi maishiy ertaklami ham o‘qiydilar. Bunday ertak- larda xalq o‘z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o‘qigach, o‘tmishdagi xalq hayotini, o‘y-fikr1ari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o‘qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq- atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aytadilar va shıılar asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo‘lib o‘qiydilar.
Drıvlat“ ertagi (4-sinf) oddiy turmushga tegishli hodisalarni tas- virlovchi ertakdir. Ertakni o‘qishga tayyorlash uc hun ota-bobolarimiz atrofımizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvtır etishlari haqida suhbat o‘tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlami, ularning o‘zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to‘g‘ri tushunishga yor- dam beradi. „Davlat"ertagi matni ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar
Delıqonning xonadoni qonday hayot keclıfl‘ar ekan ?“, „ Nimo acluııı Drıvlrıt rlehqontıfng xoluıdolıirlrın ketislıni fstamo ydi?“ kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo‘lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o‘qishgagina emas, bal ki uni aytib berishga o‘rgatish ham muhimdir. Enak aytish og‘zaki nutqni o‘stiradi, bolalar nutqini yangi so‘z va iboralar bilan boyitadi.
O‘quvchilarni i-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o‘r- gatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda tini o‘qituvchi aytib berishi mumkin.
O‘quvchi ertak mazmunini o‘zlashtirib olgandan so‘ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratilishi zanır. Ertak mazmunini qayta hikoyalaslıda, qahranıonlarga tavsif berishda o‘qtıvchilarning o‘z nutqi da til vositalaridan o‘ rinli foydalanish talab qilinadi. Til vosita- laridan foydalanish uchtın talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zanır.
Ertak tilida shunday so‘z va iboralar borki, ular bolaga o‘zgacha ta'sir ko‘rsatadi. Masal an, „Yo‘lbars, Tulki va Bo‘ri“ ertagida „Tog‘ echkisi siz ulug‘imizniki bo‘lsin“, „Qtıyon siz podshohimizning erta-
labki nonushtangiz bo‘lsin“, „ Kiyik kechqurungi taomingiz, qo‘y kun- duzgi xo‘ragingiz bo‘lsin“ kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga o‘qtıvchilar diqqati qaratilib, ertakni so‘zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari su- rilayotgan g‘oyalami bolalar ongiga etkazish, yod oldirish yo‘li bilan bog‘lanish1i nutqni o‘stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masal an, „Rostgo ’y bola “ (1-sinf) ertagida bola o‘z rostgo‘yligi bilan podshoga ma'qul bo‘lgan1igi hikoya qilingan. Ertak g‘oyasiga mos xu- losa esa „Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir“ maqoli bilan ifoda- langan. O‘qtıvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o‘zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
So‘z ma'nolari ustida ishlashda boshlang‘ich sinf o‘quvchi1ariga mos bo‘lgan usullardan biri rasmdan foydalanishdir. Masalan, 2-sinfda
Ko’ngilchan o ’tinchi “ ertagida çayin, eman, shumtol, zarang, kirk, rog’terak, qarag’ay, qayrag’oclı, chinor kabi daraxt nomlari keltirilgan. Ularni bola ko‘z oldiga keltira olmaydi. Ertakni o‘qishdan oldin shu daraxt rasmlarini ko‘rsatib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlash va nomlarini aytish lozim. Shundan so‘ng didaktik o‘yin o‘tkaziladi. Bunda daraxt rasmlari bolalarga bo‘lib beriladi. Har bir o‘quvchi o‘Ziga berilgan rasmdagi daraxtning nomini ayıishi va ertakdagi shu daraxtning so‘zini o‘z so‘zlari bilan aytib berishi kerak bo‘ladi.
Shu ertakni o‘qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘quvchilardan shaylanib, ro ’parasida, slıarbat, .xayrli ish, xivchiıı, muhayyo so‘zla- rining ma’nosi so‘raladi. Javoblar to‘ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo‘llangan badiiy vosi- talar: jonlantirish, metafora, mubolag‘alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fkrlarni hisobga olganda, ertakni o‘rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo‘1ishi mumkin:

  1. Ertak bilan tanishtirish:

  1. o‘quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

  2. o‘qituvchining ertakni ifodali o‘qishi, yod aytib berishi va hokazo.

  1. Ertakni o‘quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o‘tkazis1ı;

  2. Ertakni qismlarga bo‘lib o‘qish va tahlil qitish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so‘zlarni topish, lug‘at ishi (ayrim so‘zlar ma nosini tushuntirish);

10d

  1. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o‘qish);

  2. Ertakni so‘zlab berish;

  3. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g‘oyasini ochish);

  4. Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o‘qish (ijodiy va mustaqil ishlar);

  5. Vazifani tekshirish va yakunlash;

  6. Uyda ertakni o‘qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling