Yo‘ldosheva
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish
Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchi1ar alifbodagi barcha unli va ıındosh tovush-harflar bîlan tanishtiriladi. U ndoslılar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m, f kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa un- doshlar: ikki tovııshni ifodalaydigan y, harf birikmalari (ng eh, ch), tovush bildirmaydigan fufuq belgisi (’9 bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanislılari, elementar o‘qishni ıntıvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in clıegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovtıshni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydîllaniladi. Bu davrda bo‘g‘inlab o‘qish asosi shakllantiriladi: ikki harfli ochiq (tu:i, ni, ııı« kabin, ikki harfli yopiq jim, o/ k:ıbi2, uch harfi i yopiq bo‘g‘inlarni tıııoo, /im, Ii/ kiıbi9 o‘qishga o‘rgati1adi. Alifbo davrini o‘rganiladigan tovush-harfning va o‘qtıv materiali- ning murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga ajratish mumkin: l) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg‘aluvchi undoshlar, o-ne, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so‘zlar o‘rganiladigan bosqich; artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan r, k, r,/kabi undoshlar va yo ’1-bers, do ’st, rasm kabi tuzilishdagi so‘z1ar o‘rganiladigan bosqich; o‘rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan y, tutuq belgisi (’) va jo ja, jıırnal, jirafa, tong, so ’ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so‘zlarni o‘qishga o‘rgati1adigan bosqich. Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqos- lashga, ularning so‘z ma’nosini farqlashdagi holatini aniqlashga oid mashqlar o‘tkaziladi (ziyrak — siyrak, dil — fif kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo‘1gan undoshlar ng (tong, rang, keng), lab-tish undosh i r, qorishiq undosh ch, jarangli portlovchi y (jo‘ja) va jarangli sirg‘a1uv- chi — y (jurnal) kabilarni o‘rganish da tovush aHikulatsiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti telaffuz qilinadigan tn- doshli so‘zlar: ko ’rib (ko ’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), rorfib (torıip), terib (terip), olib (oliy), obod (obot), borislıdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unlisi bor so‘zlar: bilan (bkm), sira (sra); talaffuzda tushib qoladigan tındoshli so‘zlar: balanrl (bal‹ııı), do ’st (do ’s), Toshkent (Toshken), frıpand (farran), daraxt (rlarax) kabilarni yozilgandek o‘qish imloni o‘rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so‘ng orfoepik o‘qitiladi. Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘qish bilan bo‘g‘inlab o‘qish malakasi takomillashadi: o‘quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so‘z- larni ham to‘g‘ri o‘qishga o‘rganadilar. Alifbo davrining oxirida o‘quvchilar quş'idagi bilim va ko‘nikma- larga ega bo‘1ishlari zarur: hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to‘g‘ri talaffuz qilishi; so‘zning bo‘g‘in-tovush, tovush-harf talılilini bilishi, so‘zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay ol ishi, ke ı'akli tovushni so‘z va bo‘g‘inga ajrata olishi; kesma harf va bo‘g‘inlardan so‘z tuza olishi va o‘qishi; 2-3-4 bo‘g‘inli so‘z1arni yaxlit, adabiy-orfoepik telaffuz bilan o‘qishi; gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishi; o‘zi o‘qigan matnning mazmılnini tushunib, ongli o‘qishi; o‘qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi; o‘qigan matnga sarlavha topa olishi; to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish malakalariga ega bo‘1ishi. Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi — kichik va bosh yozma harflarni to‘g‘ri shakllantirish, harflarni to‘g‘ri ulash, alifbeda o‘qigan bo‘g‘in, so‘z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo‘g‘in, so‘z, gap diktantlarni yozish ko‘nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko‘ruv rasm diktant kabi ta'limiy diktant ttırlarini yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o‘rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajra- tilsa, 20 tagacha so‘z yoza ol ishlari talab qilinadi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish Ma'lumki, savod o‘rgatish jarayonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nik- malarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar lug‘atini boyitish, bog‘lanish1i nutqini o‘stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda ham bu davr mas'uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. Tayyorgarlik davri o‘qishga o‘rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o‘zgalar nutqini eshitish, diqqatni to‘plash, til bir- liklarini (tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazi- falarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o‘quvchilaming o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O‘qishga o‘rgatish uchun, avvalo, o‘qtıvchi tovush va harf bilan yax- shi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo‘g‘indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xi[ yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘1anishli hikoya t uzdiriladi. Undan kerakli gap, so‘ng kerakli so‘z ajratib oli- nadi, so‘ngra so‘z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. So‘z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o‘rgani1adigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O‘qittıvchi oy rasmini ko‘rsatadi, o‘qtıvchi1ar uning nomini — so‘zni aytadi. O‘qituvclıi o tovushini cho‘zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovııshni cho‘zib aytayotganini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o‘tkaziladi. O tovushli so‘zlar o‘ylab toptiriladi. Shundan so‘ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alif- bodan ko‘rsatiladi. Bıtnda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e'tibor qaratiladi. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf aralaslı- tirib qo‘yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O‘quvchilar tovush- ning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harfler ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko‘rsatadilar. Shh tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga o‘rgatish ustida ishlanadi. O‘qishga o‘rgatishda bo‘g‘in asos qilib olinadi. Buning uchun o‘qituvchida bo‘g‘in jadvali bo‘lishi lozim. Bo‘g‘in jadvali asosida o‘qish namıınasi ko‘rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko‘z bilan ko‘rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinclıi harfni ko‘rish va ikkalasini bog‘lab, unlini mo‘ljallab tılab aytish tushtıntiriladi. Bo‘g‘in o‘qish o‘qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish mumkin: Bunda „Alifbe“ sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘g‘inga bo‘lish, so‘ng o‘qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O‘qituvchining na- munali o‘qishidan so‘ng birgalikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka o‘qish, shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda xor bilan o‘qitish o‘qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o‘qtıvchilarining o‘qish ko'nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so‘zlarni xattaxtada bo‘g‘inlarga bo‘lib yozish, o‘ıganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o‘qitish usuli dan hani foydalaniladi. Ma'lumki, „Alifbe“ salı ifalarida bo‘g‘in tuzilislıi mtırakkablashib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi har bir bo‘g‘in ttızilishining mı- rakkabligiga qarab ish usııllarini belgilab olishi zarıır. Masalan, ııch tovushdan tuzilgan, to‘rt tovııshdan tıızilgan bo‘p•'in la m i o‘qİSh@iJ o‘rgatish ham o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-los, Man-non tipidagi bo‘g‘inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo‘shimcha chiziqdan, bodring, do ’st tipidagi bo‘g‘inlarda bo:d-ri:ng, to ’:r:t tarzidagi qo‘shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So‘zlami o‘qishga o‘rgatishda bo‘lib o‘qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi: la lar Umuman olganda, har bir o‘qish darsida, albatta, bo‘g‘in tuzilishi murakkab bo‘lgan so‘zlarni o‘qish mashqi o‘tkazilishi lozim. Bu usul o‘quvchilarda o‘qish malakasining takomillashı.viga yordam beradi. O‘qishga o‘rgatishda so‘zlarni va gaplarni to‘ldirib o‘qish ko‘nik- malarini hosil qilish o‘quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo‘naltiradi. O‘quvchi tushirib qoldirilgan harf va so‘zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor beradi, o‘rtoqlariga nisbatan tez topib, o‘qituvchining rahmatiga sazovor bo‘lishga intiladi. „Alifbe“ darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. O‘quvchilar shıılarga mos ohang tanlashni, to‘xtam (patıza) qilish o‘rin1arini belgilab olishi zarur. Btvfida ham o‘qituvchining tııshuntiri- shi (birinchi uchragaıı tinish belgini izohlashi) va ifodali o‘qish namu- nasini ko‘rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o‘qilgan mat ngina tushunarli bo‘ladi. Har bir predmetda bo‘lgani kabi o‘qish darslarida ham ta'lim- tarbiya birligiga e'tibor beriladi. O‘qish darslarida tarbiya o‘qilgan matnning ongli o‘zlashtiri1ishiga bog‘liq. Birinchidan, o‘quvchi matnda fıkr nima haqida borayotganini anglasagina, o‘zida shunday KİSl8tlarni shakllantirishga harekat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo‘lish uchun o‘qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o‘qishni ta'minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqat ni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshi- riqlardan foydalanish mumkin: Ra.sınni kazating, matnda nima haqida gap boradi? Rasmâa nima tasvirlangan ? Rasm bilan matn orasirla bog’lanish bormi ? Main mazmunini rasmga qarab so ’zlab bering. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima bildi? Ular qanday lolalar terdilar? Demak, o‘qish o‘qilganlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fıkr, ilgari surilayotgan g‘oya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi, so‘z va matnlar yod olingan taqdirda ham o‘quvchiniki bo‘lib qoladi. Savod o‘rgatishning birinchi kunlaridanoq o‘qish ongli bo‘lishi, bolalarni ongli o‘qishga o‘rgatish juda muhim. So‘roqlar yordamida o‘qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O‘qishdan oldin o‘tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o‘qilgan matn yu- zasidan o‘tkazilgan suhbat ham shu maqsadga — ongli o‘qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o‘qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat „Alifbe“dan yoki harf terish matosidan, o‘qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, Qishda qııshlar qayeıga ııchib ketadi? (harf terish matosida: Issiq o ’lkalarga ııchib ketadi). Mana shu kabi tayyorlov mashg‘ulot1ari o‘qishning yuqori darajada ongti bo‘lishini ta’minlaydi. Ongli o‘qislıni ifodali o‘qislıdan ajratib bo‘lmaydi. Ammo analitik o‘qishning birinchi bosqichida ifodali o‘qish mumkin emas, chun ki bolalar so‘zda urg‘uli bo‘g‘inni ajrata olmaydîlar, tugaflangan intonatsi- yani, so‘roq ohangini, hatto, orfoepik to‘g‘ri o‘qishni ham bilmaydi- lar. Shuning uchun analitik o‘qish bosqichida so‘zni yaxlit, orfoepik qayta o‘qish tavsiye qilinadi. Bunday qayta o‘qish to‘g‘ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o‘qishga o‘rgatibgina qolmay, o‘qishning ongli bo‘lishiga ham yordam beradi. Savod o‘rgatishning birinchi darslaridayoq o‘quvchi1arga taba- qalashtirib (differensial) yondashish (bunda o‘qtıvchilarning o‘qishga tayyorgarliklaridagi fik rlar hisobga ol i nadi) amalga oshiriladi. O‘qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta minlash uchun matn mazmunini o‘quvchilarning ko‘rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog‘1ash lozim. Shunda o‘quvchida o‘qishga, o‘rganishga qiziqish ortadi. Ongli o‘zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlarning ma’nosi ustida to‘xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushun- ishga ham yordam beradi. She'r, tez aytish, topishmoq, qo‘shiq, rnaqol, lıik matli so‘zlar- dan o‘qitish, yod oldirish ham o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshiradi, o‘qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mııstahkamlaydi. Boshlang‘ ich sinflarda o‘qish darslarining uchdan ikki qismi o‘qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Yangi material o‘rganiladigan o‘qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir: O‘rganiladigan yangi tovushli so‘zni (shıı tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan so‘zni) bo‘g‘in-tovush tomonidan tahlil qi- lish bilan ajratish. Bunda yangi tonısh ajratiladigan so‘zni o‘quvchilar rasm asosida o‘zlari tuzgan gaplar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shıı so‘zning chizmasi-modeliga asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulatsiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi. Kichik va bosh harflar bilan tnnishtiriladi. Bo‘g‘inlar o‘qiti1adi. So‘zlarni avval xattaxtadan, keyin „Alifbe“dan o‘qish. Harf bo‘g‘inlaridan harf terish kartonida so‘z, so‘z birikmasi, gap tuzish va ularni o‘qish, so‘z ma’nosi ustida ishlash. Matnni o‘qish va tahlil qilish, uni qayta o‘qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash. Nutq o‘stirish: 1ug‘atini boyitish, so‘z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya tuzish. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo‘yish, yangi o‘rga- nilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o‘rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo. O‘rganilganlarni mustahkamlash darsi da yangi tovush ajratiladi, yangi harf bilan tanishtirish mashqi dan tashqari, barcha ish turlari- dan foydalaniladi, shuningdek, qo‘shimcha so‘zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o‘qish va tahlil qilishga, ko‘rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o‘stirishga, o‘yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o‘rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi. Birinchi tıchragan so‘zlar bilan ishlash: ochiq bo'g‘inda dast- lab undosh, keyin esa unli o‘qiladi, yopiq bo‘g‘inda esa unli bilan tııgagan ochiq bo‘g‘inni o‘qib, keyingi Undosh o‘qiladi va so‘zni yaxlit o‘qishga o'rgatiladi. O‘quvchlarga asta-sekin bo‘g‘inlab o‘qishdan sin- tetik o‘qishga (so‘zni btıtunligicha o‘qishga) tayyorlab boriladi. Bunda yangi so‘zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o‘quvchilarga o‘qitish tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o‘qiladi, kesma harf, bo‘g‘ in bilan yoziladi. Sujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qa- rab o‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va tahlil qilish. Yangi bo‘g‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so‘zni xattaxtada va daftarda „yasash“ ning ahamiyati juda katta. O‘qish uchun xilma-xil bosma materiallar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli, qiziqarli bo‘ladi. Bola endigina o‘qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo‘qotmas- likka, shuningdek, so‘zdagi keyingi harfni, keyingi so‘zni yo‘qotmaslikka o‘rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida xatcho‘p (o ’qiyolgan betni belgilab qo ’yish uchun kitob ichiga solib qo ’qiladigan qog’oz yoki leıılacha) va tayoqcha bajaradi. O‘qilayotgan qatorni kuzatib borish ko‘nikmasiga sinf o‘quvchilaridan o‘rtog‘ining xatosini to‘g‘ri1ashni talab qilish yo‘1i bilan ham erishiladi. O‘quvchilar bu talabni qiziqib bajaradilar, shu yo‘1 bilan ularning darsga, o‘qishga e'tibori jalb etiladi. Demak, o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatis1ı, ularning o‘qish sur’atini oshirish, ifodali va ongli o‘qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o‘qish darslarining muhim vazilalari hisoblanadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling