Yo‘ldosheva
Savod o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analiz mashqlari.
- Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash.
- Diksiya ustida ishlash
Savod o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari
Tovush ustida ishlash. Tovush savod o‘rgatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Savod o‘rgatish davrida so‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini analiz qilish mashqlari o‘tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo‘g‘in, so‘z tuzish kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o‘qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir. So‘zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hoxirgi krında takomillashtirilib borilmoqda. Savod o‘rgatislıda asosan, quyi- dagi usullar amalda qo‘llanilmoqda: Analiz mashqlari. Nutq (gap)dan so‘zni ajratish; so‘zni aniq talafftız qilish; bo‘- g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarni aniq telaffuz qilish, so‘zdan, bo‘- g‘indan tovushni kuchli talaffuz qilib o‘qish, muayyan tovushni ajratgan holda so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish (aaaa-na, nooon, itin, sssa-na, ki-yyyik, ifish). Darsda o‘rgani1adigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: so‘zdan tovushni cho‘zib talaffıız qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la; undosh tovushni yopiq bo‘g‘indan ajratish: Usss-mon, 0-lilnlnm, A-minnn. sirg‘a1uvchi undoshni ochiq bo‘g‘in dan ajratish: sssa-na, ta- yyya, zşki-rak; bo‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-milk, O ’-îfH, f2-Hf, e-lik, i-pak; o‘rganiladigan tovushni so‘z boshida kelgan so‘zlardan ajratish (so‘zni o‘qitııvchi aytadi, birinchi tovushni esa o‘quvchi aytadi): non, tok, olma,...; rasm nomini ifodalovchi so‘zni aytish: o‘qituvchi nokning rasmini ko‘rsatib, noo deydi, o‘quvchilar k tovushini qo‘shib aytadilar: nok. Bu jarayonda Omonaslıvili ishlab chiqqan usul dan ham foydala- nish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O‘quvchilar o‘rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so‘ng uning o‘qilishi va fonetik belgilari ustida ishlanadi: Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, telaffuz qilingandan so‘ng, odatda, shu tovush so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan va aniq telaffuz qilinadigan so‘zlar tanlanib, o‘quvchilarga telaffuz qildi- riladi. Misol: L tovııshi: laylak, olma, fil. O tovushi: olltta, non, O-ınon. D tovushi: don, Oüil (so‘z oxirida jarangsizlashadigan oh.od, ohod kabi so‘zlarni tanlash tavsiye qilinmaydi). So‘zdagi tovushlami sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlami sanash: Olma — ol-tna; o-1-m-a to‘rtta tovush, to‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo‘g‘in .... Bu usuldan o‘quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi. Jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni amaliy taqqoslash: dil-til, Zira-sira kabi. Savod o‘rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chtınki analiz o‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko‘proq o‘qish malakasini shakllantiradi. Sintez mashqlari. Tovush tomonidan analiz qilingan so‘zni yoki bo‘g‘inni talaffuz qilish va ııni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so‘z yoki bo‘g‘inni o‘qish. O‘rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...d bo‘g‘in jadvalini tuzish; bo‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan o‘qish; kesma harflardan bo‘g‘in jadvalini tuzish. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so‘zlarni o‘qish (bunday so‘z1arni o‘quvchilarning o‘z1ari topib o‘qishlari mumkin). So‘zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo‘shib, yangi so‘z hosil qilib o‘qish: ola-lola, osh-boslt, oy-roy, boy, soy, loy; o ’rog-so ’roq; ol- xol, sol; sava-savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin. So‘z o‘rtasiga harf qo‘shib, yangi so‘z hosil qilib o‘qish: ko ’mak- ko ’lınak, birak-ziyrak, tana-tashna, silo-siyla kabi. Bo‘g‘inlarni almashtirib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: Gulnor- Norgul, asil-sila kabi. Tovushlarning o‘rnini almashtirib yangi so‘zni hosil qilish va o‘qish: somon-ostnon, tilak-kalit, qo ’y- yo q. Tovushni yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirib, yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog’la -bola. Bo‘g‘in qo‘shib yangi so‘z hosil qilish va o‘qish: bog’-bog’bon, gul-gulzor, paxta-paxtakor. S intetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qo‘shib olib borishni talab qiladi. Bm ish usullari qiziqarli bo‘lib, darsda yarim o‘yin holat ini vtıjudga keltirishga imkon yaratadi. Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoya- lanib bo‘lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o‘rin tutadi. O‘qtlvchi so‘zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo‘Igan bir butunlik sifatida anglaydi, bu — sintezdir; so‘z sintez qilingan da uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o‘rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning faol fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintetik ishlar ıısuligina o‘quvchi1arning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, „muammoli“ vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o‘stiradi. Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma. bo‘g‘in lar va harf te- rish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko‘rgazma), kadoskop, alifbo multimediyasi va shu kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash rıchrın, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish tıchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Analiz-sintez isNari tizimida tovushning o‘zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi ntıtq apparati organlarining holat i va haraka- tini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovııshlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zanır holatga keltirish (sintez) muhim o‘rin tutadi. Masalan, u tovushining analizida ti1 tanglayga tomon baland ko‘tari1adi, tanglay bilan ti1 orasida torgina bo‘shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib ytımaloqlashadi, ovoz hosil bo‘ladi; r tovushining sintezida og‘iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo‘sh1iq bo‘ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, ti1 ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland ko‘tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o‘tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi. Sinfda barcha tovushlarning artikulatsiyasi (hosil bo‘lishi)ni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar (ch, j), chuqur ti1 orqa (q, g', x), bo‘g‘iz tovushi (lı) artikulatsijasini ko‘ rsatish qiyin. Ammo bunday tovtıshlarning hosil bo‘1ishini tushuntirish uchun o‘qituvchi, o‘qtıvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni telaffuz qilib ko‘rsatadi, so‘ngra o‘qtıvchilar talaffıız qiladilar. Bunday ıısulni bir necha bor takrorlagan ma'qu1. Diksiya ustida ishlash o‘quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo‘1ishiga erishishdir. U savod o‘rgatish uchun ham, ifodali o‘qish. orfoepik va orfografik ma[akani, xııslıovozlik ko‘nikmasini o‘stirish uchun ham jıtda muhimdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qi- luvchi apparatning egiluvchanligiga bog‘liq, shuning uchun diksiyani o‘stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini oshirishga qaratiladi. Diksiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydala- nish mumkin: Baland talaffıızııi mashq qilish: Masalan, sara-shira-sara-shira kabi so‘zlarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so‘ngra esa ovozni to shivirlashgacha pasaytirib telaffuz qilish. Telaffuz tempini mashq qilish. Shıı sara-shira kabi so‘zlami sekin telaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa. o‘quvchilar qiyinchilik bilan yoki noto‘g‘ri talaffuz qiladigan so‘z1arni qayta talaffuz qilish mashqi. Murakkab tovush birikmalarini telaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun tez aytislılardan foydalaniladi. Misol: Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish. Bolalarni so‘zlayotganda to‘g‘ri nafas olishga, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni telaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so‘zni xor bilan talafhız qildirish, xor bilan o‘qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling