Yo`nalishi bo`yicha dars o`tish


Download 1.62 Mb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1628472
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidjonova 4 2hisobot yakuni

O`z yo`nalishi bo`yicha.
7-sinfga geografiya darsini o`tish uchun kirdim. Bugungi mavzu Shimoliy Amerikaning geografik o`rni, o`simliklari va hayvonot dunyosi.
Darsning maqsadi:

  • Ta’limiy: Shimoliy Amerika materigining geografik o`rni, o’simliklari va hayvonot dunyosi haqida ma`lumot beriladi.

  • Tarbiyaviy: o`quvchilarni o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash

  • Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni o`z-o`zini rivojlantirishga o`rgatishdan iborat.

Yangi mavzuni tushuntirb berishdan avval o`tilgan mavzuni savol-javob tarzida mustahkamlab oldim. O’quvchilardan doskaga ikki kishi chiqib klaster usulida o’tilgan mavzuga oid ma’lumotlar yozishdi. So`ng yangi mavzuni ko’rgazmali qurollar yordamida tushuntirib berdim. O`quvchilarni diqqatlarini jamlash uchun tushuntirib berayotgan vaqtimda ularga savollar berib turdim. Darsning asosiy vaqtini yangi mavzuga ajratdim. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholandi va uyga topshiriq berildi.
Navro`z bayramini o`tkazish.
Maktabimizda “Navro'z” bayramiga bag’ishlab o’quvchilar o’rtasida shaxmat, shashka va zakovat o’yinlarini o’tkazdik. Bu musobaqalarimiz ko`taringi ruhda bo`ldi. O`quvchilar o`rtasida g`oliblarni amaliyot raxbarimiz va o`qituvchilar yordami asosida aniqladik.
7-rasm. Navro`z bayramiga bag`ishlangan musobaqadan lavha.
Kundalik.com tizimidan foydalanishni o`rganish.
Kundalik.com ota-onalar va maktab hamkorligini mustahkamlash maqsadida joriy qilingan ta'lim resursi sanaladi
Kundalik.com — raqamli ta'lim platformasi bo'lib, o'qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o'quvchilarning davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini yaratadi.
Kundalik.com tizimiga obuna bo'lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi. Jumladan, onlayn tarzda:

  • farzandlarining darsga qatnashayotgani;

  • darsni qay darajada o'zlashtirib borayotgani;

  • ertangi kungi uy vazifalari xususida tezkor ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Kundalik.com tizimi o'qituvchilar va ota-onalarning o'zaro mustahkam hamkorligini ta'minlashda ishonchli ko'prik bo'lib xizmat qiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling