Yo`nalishi bo`yicha dars o`tish


Amaliyotchilarni bir soatlik darsga tayyorgarlik ko`rishi


Download 1.62 Mb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1628472
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidjonova 4 2hisobot yakuni

Amaliyotchilarni bir soatlik darsga tayyorgarlik ko`rishi.
Bizga Maktabda birirktirilgan Siddiqova Gulchehraxon ustoz qaysi sinfga kirishimizni va bu sinfda qaysi mavzuni o`tishimizni bir kun oldin rejalari bilan tanishtirib chiqadi. Biz darsga bir kun oldin tayyorlanib kelamiz. Dars boshlanishida o`quvchilar bilan salomlashib, davomat olinib, ma’naviyat daqiqasini o`tkaziladi. O`tilgan mavzu savol-javob tarzida takrorlanib olingandan so`ng yangi mavzuga o`tiladi. Yangi mavzuni ko`rgazmali qurollar yordamida tushuntirib beriladi. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. Dars yakunida mavzuni o`qib kelish topshirig`i beriladi. Darsda asosiy e’tibor yangi mavzuga qaratiladi.
O`z yo`nalishi bo`yicha bir soatlik dars o`tish.
Men o`zimga biriktirilgan 7-sinfga yo`nalishimiz bo`yicha dars o`tdim. Dars boshida o`quvchilar bilan salomlashib, davomatlarini oldim. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilar mavzuni so’zlab berishdi. Yangi mavzu Shimoliy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari haqida o`quvchilarga ko`rgazmali qurollar yordamida tushunchalar berdim. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu yuzasidan o`quvchilarga savollar berdim, tushunmagan bo’lsalar qaytadan tushuntirib berdim. Dars yakunida faol qatnashgan o`quvchilar baholandi. Uyga vazifa qilib savollarga javob yozib kelish va mavzuni o`rganib kelish berildi. Dars jarayonida o`qituvchi birinchi o`rinda vaqtni to`g`ri tasimlab olishi kerak deb o`ylayman. Imkon qadar o`quvchilar bilin individual ishlashga harakat qilaman.
Maktab kutubxonachisi bilan ish olib borish.
Maktab kutubxonasi o`qituvchi va o`quvchilarni darsliklar va qo`shimcha adabiyotlar bilan taminlaydi. O`qituvchilar o`z bilim va malakalarini oshirish uchun ko`p metodik qo’llamalarni kutubxonachi yordamida olib malakasini oshiradi. Biz ham maktab kutubxonachisi yordamida o`zimizga kerakli bo`lgan kitablarni va darslik qo`llamalarni oldik.
Malakaviy amaliyot jarayonida pedagogika va psixologiya bo`yicha amalga oshirilgan vazifalar.
Maktab faqat fanni o`rgatish, o`quvchilarni davamotini ushlab turish uchun emas, balki, o`quvchining psixologiyasini o`rganish uning tarbiyasi bilan ham shug `ullanuvchi maskandir. O`quvchilarning psixologiyasini o`rganish va tahlil qilish, Tarbiyasi og`ir bolalar bilan shug`ullanish maktab psixologlarining vazifasi hisoblanadi. Har xil oiladan keladigan bolalarda bir-biri bilan tushunmovchiliklar yuzaga keladi, albatta ular bilan ishlash, to`g`ri yo`l ko`rsatish kerak. Maktabdagi vaziyatni uydagilari bilmasligi, tushunmasliklari mumkin yoki qaysidir oila bolasining fikrlarini eshitmaydi shunday vaziyatlarda psixologlarning vazifasi katta. Bunday holni oldini olish, muommosi bor bolalar bilan alohida ishlash maqsadida sinf o`quvchilaridan psixologik testlar tez-tez olinishi maqsadga muvofiqdir.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling