Yo`nalishi bo`yicha dars o`tish


O`z yo`nalishi bo`yicha bir soatlik dars o`tish


Download 1.62 Mb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1628472
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidjonova 4 2hisobot yakuni

O`z yo`nalishi bo`yicha bir soatlik dars o`tish.
Men o`zimga biriktirilgan 7-sinfga yo`nalishimiz bo`yicha dars o`tdim. Dars boshida o`quvchilar bilan salomlashib, davomatlarini oldim. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o`quvchilar mavzuni so’zlab berishdi. Yangi mavzu Shimoliy Muz okeani bo`lib, okeanning geografik o`rni haqida o`quvchilarga ko`rgazmali qurollar yordamida tushunchalar berdim. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu yuzasidan o`quvchilarga savollar berdim, tushunmagan bo’lsalar qaytadan tushuntirib berdim. Dars yakunida faol qatnashgan o`quvchilar baholandi. Uyga vazifa qilib savollarga javob yozib kelish va mavzuni o`rganib kelish berildi. Dars jarayonida o`qituvchi birinchi o`rinda vaqtni to`g`ri tasimlab olishi kerak deb o`ylayman. Imkon qadar o`quvchilar bilin individual ishlashga harakat qilaman.
So`ngi qo`ng`iroq” tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish.
25-may “So`ngi qo`ng`iroq” tadbiri barcha umumiy o`rta ta`lim maktablari an`anaga aylangan. Bu yil ham katta tayyorgarlik natijasida bo`lib o`tadi. Biz amaliyotgan 38- umumiy o`rta ta`lim maktabida 11- sinf bitiruvchilari bo`lmaganligi sababli tadbirni 9-sinflar tashkilladi. Tadbir o`zgacha tarzda bo`lib o`tdi. Yilni a`lo baholarga tugatgan o`quvchilar maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlandi.

10-rasm. So`ngi qo`ng`iroq tadbiridan lavha.


So`ngi qo`ng`iroqni chalish uchun 9- “A” sinfdan Abdulhamidov Oyotulloh, 1-“B” sinfdan esa Ibrohimova Feruzaxon chaqirildi. Tadbir yakunida ustozlar bilan birgalikda bayram bo`lib o`tdi.

11-rasm.So`nggi qo`ng`iroq tadbiridan lavhalar.


Xulosa.
Hamidjonova Sohibjamol Shuhratjon qizi Andijon shaxridagi 38-umumiy o`rta ta`lim maktabiga 2022-yil 21-iyundagi O`zbekiston Respublikasining Prezidentining PQ-289 son qaroriga muvofiq 4+2 pedagogik amaliyot o’quv dasturi bo`yicha to`qqiz oy davomida bordim.


Mazkur malakaviy o‘quv amaliyoti dasturi barcha Pedagogika Institutlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish maqsadida yaratilgan.
Malakaviy o‘quv amaliyoti yil davomida 4+2 (2 kun Xalq ta’limi muassasasida, 4 kun Oliy ta’lim muassasasida) tizimda o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti o‘quv rejasida rejalashtirilgan mutaxassislik fanlarining nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi.
Pedagogik amaliyot davrida talabalar sinf bilan ishlash, ularga bilan bo`ladigan munosabatlar, yuritiladigan ish hujjatlari bilan ishlashni o`rganadi. Bu davrda amaliyotchi talabalar Kundalik.com tizimidan foydalanishni o`rganish, o`z mutaxasisslik fannidan sinflarga dars jarayonini o`tish, o`qituvchi va tengdoshlarini dars jarayonini tahlil qilishi, sinflarda bo`lib o`tadigan tadbirlarda faol ishtirok etishi zarur.
Pegagogik amaliyot kasb ta`limi yo`nalishlari uchun pedagogik amaliyot maktablarda psixologik resurslarini o`rganish, sinflarda amaliy mashg`ulotlar o`tkaza olish, pedagogik mahoratni oshirish, o`quvchilarni fikrlash doirasini aniqlash, barcha ish hujjatlari bilan tanishish va o`rganish, o`z pedagogik mehnat faoliyati uchun dastur yarata bilish ko`nikmalarini egallashga mo`ljallangan.


Kafedra mudiri: Mo`ydinov.N.M.
Amaliyot raxmati: Sariqulov.M.O.
Maktab direktori: Qo`chqarova. Z.A.
Amaliyotchi: Hamidjonova.S.SH.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling