Yo’nalishi talabalari uchun


Jinsiy bezlarning endokrin qismi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Jinsiy bezlarning endokrin qismi 
Erkaklar  urug`  bezi  (moyak)dagi  urug`  ishlab  chiqaradigan 
kanalchalar  oralig`ida  joylashgan  to`qimada  testosteron  garmoni 
ishlab  chiqaradigan  hujayralar  bo`ladi.  Garmon  ta`sirida  ikkilamchi 
jinsiy  belgilar,  jinsiy  a`zolarning  normal  rivojlanishi  ta`minlanadi. 
Urug`  bezi  olib  tashlanganda  yuqorida  ko`rsatilgan  belgilar 
rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidan folekulalarda folekulin garmoni 
ishlanib  chiqadi.  Folikulin  jinsiy  organlarining  normal  rivojlanishi, 
ikkilamchi jinsiy belgilari hosil bo`lishini va nerv tizimi qo`zg`alishini 
ta`minlaydi.  Tuxumdonda  yetilgan  tuxum  hujayra  pardasini  yorib 
chiqadi  va  bachadon  nayi  kipriklari  yordamida  naychaning  ichida 
o`tadi.  Tuxum  hujayra  otalanib,  homiladorlik  boshlangan  paytda 
tuxumdon  pardasining  yirtilgan  joyida  chin  sariq  tana  yoki  aksincha, 
otilib  chiqqan  tuxum  hujayra  otalanmasa,  soxta  sariq  tana  paydo 
bo`ladi.  
 
Chin  sariq  tana  butun  homiladorlik  davrida  saqlanadi. 
Undan  chiqqan  garmon  homilaning  normal  rivojlanishini  ta`minlab, 
yangi  tuxum  hujayra  yetilishini  to`xtatadi  va  sut  bezlarini 
rivojlantiradi.  Homiladorlik  vaqtida  chin  sariq  tana  olib  tashlansa 
homila  o`sishdan  to`xtaydi.  Soxta  sariq  tanada  ishlanib  chiqqan 
garmon esa yangi tuxum hujayrani yetilishiga ta`sir etadi.  

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling