Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Embrionda qon aylanishi. 
 
Embrion;  kislarodga  ozuqa  moddalariga  boy  bo`lgan  qonni 
bachadon  devoridagi  plottsentadan  oladi.  Yo`ldoshdan  kindik  venasi 
boshlanib, kindik orqali o`tadi. Kindik venasidan arterial qon oqadi, u 
embrionni  jigar  qismiga  2  tarmoqqa  ajraladi.  Ularning  biri  darvoza 
venasiga,  ikkinchisi  pastki  kovak  venaga  quyiladi,  darvoza  venasiga 
davom  etgan  tarmoq,  jigar  orqali  o`tib,  jigar  venalari  sifatida  pastki 
kovak  venasiga  quyiladi.  Natijasida  kindik  venasi  orqali  oqib 
kelayotgan arterial qon jigar orqali yoki to`gridan-to`gri pastki kovak 


 
102 
venaga quyiladi. 
 
Pastki kovak venadagi aralash qon yurakning o`ng bo`linmasiga 
quyiladi,  embrion  yurakning  o`ng  bo`lmasi  oval  darcha  orqali  chap 
bo`lmacha  bilan  qo`shilgan  bo`ladi.  Shu  sababli  o`ng  bo`lmachaga 
quyilgan aralash qon oval darcha orqali chap bo`lmachaga va qisman 
o`ng  qorinchaga  o`tadi.  O`ng  qorinchaga  tushgan  qon  esa  o`pka 
arteriyasiga  davom  etadi,  chap  bo`lmachaga  o`tgan  qon  chap 
qorinchaga  davom  etadi.  embrion  o`pkasi  ishlamaganligidan  o`pka 
arteriyasidan yo`nalayotgan qon to`gri tushuvchi aortaga davom etadi. 
Embriondagi qon kindik arteriyasi orqali chiqadi, kindik arteriyasi juft 
bo`lib,  ulardan  aralash  qon  oqadi  va  bu  arteriyalar  embrioning  ichki 
yonbosh  arteriyasidan  boshlanadi.  Tug`ilgandan  so`ng  o`pka  ishga 
tushib  ichki  a`zolar  o`z  vazifasini  bajara  boshlaydi,  kindik  bog`lanib 
nafas  olish  natijasida  kichik  qon  aylanish  doirasining  ishga  tushishi 
quyidagi o`zgarishlarga sabab bo`ladi. 
 
1. O`pka arteriyasi va aorta orasidagi arterial nay yopilib birinchi 
8-10 kun ichida boylam arteriyasiga aylanadi. 
 
2.  O`ng  bo`lmacha  va  chap  bo`lmachalar  orasidagi  oval  darcha 
bola tugilgandan so`ng bekiladi. 
 
3. Kindik venasi jigarning yumaloq boylamiga aylanadi. 
 
4.  Kindik  arteriyasining  boshlanish  qismi  yopilmasdan  siydik 
qopchasining  yuqori arteriyasiga uning davomi esa siydik qopchasini 
kindik sohasi bilan birlashtiruvchi boylamiga aylanadi. 
 
5.  Kindik  venasi  bilan  pastki  kovak  vena  orasidagi  nayi  venoz 
boylamiga aylanadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling